• Masala
  • "fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari"




    Download 246,24 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana22.02.2024
    Hajmi246,24 Kb.
    #160819
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari

    Ijodiy masalalar
    Masalalarning yuqorida ko‘rsatilgan turlari orasida keskin chegara yo‘q. 
    Masalalarni tobora murakkablashtira borib, ko‘pincha turmushda bo‘ladigandek, 
    faqat muammo qo‘yilgan va “hech qaysi kattalik berilmagan” masalalarga 
    kelinadi. Bunday masalalarni uslubiyotchilar 
    “ijodiy” masalalar deb yuritadilar. Ko‘p 
    sondagi qiziq ijodiy masalalarni o‘qituvchi 
    V.G.Razumovskiyning 
    kitobidan 
    topishlari 
    mumkin, muallif ularni asosiy ikki turga: 
    tadqiqiy(nima uchun? degan savolga javob 
    berishi kerak bo‘lgan) va konstruktorlik 
    (qanday qilish kerak? degan savolga javob 


    berishi kerak bo‘lgan) turlariga ajratadi. Ijodiy masalalar sifatga oid, hisoblashga 
    doir yoki eksperimental masalalar bo‘lishi mumkin. 
    Masala: Nima uchun juda kuchsiz shamol okeandagi ulkan aysberglarni 
    harakatlantiradi-yu, biroq qirg‘oqdagi muz parchasini faqat dovulgina joyidan 
    qo‘zg‘atadi?
    Javob: Suyuqlik va gazda tinchlikdagi ishqalanish yo‘q, shuning uchun 
    ozgina kuch ham jismni harakatga keltirishi mumkin. 
    Masalalarni tushungan holda yechish faqat shunga tegishli nazariy 
    materialni to‘liq o‘zlashtirgan holdagina mumkindir. Buning uchun har bir mavzu 
    bo‘yicha darsga tayyorlanishda mavzu muammolarini yaxshi tushunishda va ularni 
    to‘g‘ri talqin qilishda talabalarning e’tiborini jalb qilishga imkon beruvchi nazorat 
    savollari keltirilgan. 
    O‘quv qo‘llanmadan foydalangan holda talaba: 
    1. Nazorat savollari va ko‘rsatilgan adabiyotlar yordamida berilgan bo‘limni 
    sinchiklab o‘rganishi kerak; 
    2. O‘qib o‘rganilgan nazariyaga, uslubiy ko‘rsatma va misollarga tayangan 
    holda o‘qituvchi tomondan ko‘rsatilgan uy vazifasini mustaqil bajarishi kerak; 
    3. Uyga berilgan masalalarga nisbatan murakkabroq masalalarni 
    auditoriyada yechishda faol va ijodkor bo‘lishga talaba o‘zini tayorlashi lozim. 
    Har bir mavzu bo‘yicha uy vazifasini talaba auditoriyadagi darsga qadar bir 
    kun oldin topshirishi kerak. 
    Masalalarni yechishda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiq 
    bo‘ladi: 
    1. Masalani sinchiklab o‘qib uning mazmunini tushunib olish zarur. 
    Agar masalaning harakteri imkon bersa, uni tushuntiruvchi rasm chizmasini 
    chizish kerak; 
    2. Masalani tahlil qilib qanday obyektlar yoki jarayonlar haqida so‘z 
    ketayo‘tganligini, qanday kattaliklar ularni aniqlayotganligini, ko‘rilayotgan 
    hodisalar qanday fizik qonuniyatlarga bo‘ysunishini aniqlash kerak; 
    3. Masalani yechishda optimal usulni tanlab olish kerak; 
    4. Avval masalani umumiy ko‘rinishda yechib, bunda qidirilayotgan kattalik 
    masalada berilgan kattaliklar orqali ifodalanishi kerak; 
    5. Berilgan kattaliklarni son qiymatlari bir sistemada – XBS sistemasida 
    qo‘yilishi kerak; 
    6. Masala yechishni oxirida o‘lchov birligini mosligi tekshirilishi zarur; 
    7. Uy vazifasini tayyorlashda ishlatilayotgan qonunlar va formulalar qisqa, 
    ammo batafsil tushuntirilishi kerak; 
    8. Olingan javoblarni son qiymatini to‘g‘ri ekanligi baholanadi. 


    O‘quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, 
    kutilayotgan natijani to‘g‘ri belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini 
    to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashni aniq 
    mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni 
    to‘g‘ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg‘unlashuviga e’tiborni qaratish 
    maqsadga muvofiqdir. Bolalarda, asosan, yechim algoritmi noaniq bo‘lgan 
    nostandart masalalar birmuncha qiyinchilik tug‘diradi. Umuman alohida olingan 
    har qanday masala nostandart bo‘lishi mumkin. 
    Uning yoniga shunga o‘xshash bir nechta masalalarni keltirsa, u standart 
    bo‘lib qoladi. Nostandart masalalarning xususiyati - ularning yechimini topish har 
    doimgidek ma'lum algoritmdan iborat bo‘lmasligida. Bu izlanish o‘quvchilardan 
    bir xil masalalar ustida ishlashdan ko‘ra ko‘proq masalalar yechishning umumiy 
    malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan faol harakatni amalga oshirishlarini 
    talab qiladi. Nostandart masalalarni yechish o‘quvchilarga taqqoslash, kuzatishga 
    doir tajribalarni to‘plashga, murakkab bo‘lmagan matematik qonuniyatlarni 
    aniqlashga, isbot talab etadigan farazlarni o‘rtaga tashlashga imkon beradi. Shu 
    munosabat bilan o‘quvchilarda deduktiv mulohaza yuritishga ehtiyoj tug‘ilishi 
    uchun sharoit yaratadi. Bunday masalalar o‘qituvchiga o‘quvchilarda 
    mehnatsevarlik, maqsadga erishishda tirishqoqliq kabi shaxsiy axloqiy xislatlarni 
    tarbiyalashga yordam beradi. Shu bilan birga masalaga qiziqish, masalani 
    yechishga bo‘lgan hohish, masalaning yechimini topishga ishonch kabi xislatlarni 
    tarkib toptiradi. Nostandart masalalarni yechish uchun, bir tomondan, 
    o‘quvchilarda masalalarni yechishning umumiy malakalarini shakllantirish, boshqa 
    tomondan esa ularni maxsus usullar bilan tanishtirish zarur. Maktabda o‘quvchilar 
    o‘quv jarayonida fizik hodisa, jarayonlarni va ulardagi qonun va qonuniyatlarni 
    o‘rganish bilan birga, olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilish, nazariyani 
    amalda sinab ko‘rish maqsadida ma‘lum qonunlar va formulalarga bog‘liq bo‘lgan 
    fizik masalalarni yechishga o‘rganib, ko‘nikma va malakalar hosil qilishlari va 
    ularni rivojlantirib bormoqlari zarur. Nostandart masalalar yechish malakasini 
    shakllantirish darsning didaktik tuzilmasini o‘rganilgan material bo‘yicha 
    bilimlarni takrorlash va baholashni, yangi malakalarni shakllantirishni va 
    mavjudllarini rivojlantirishni, bilim va malakalarni yangi sharoitda zamonaviy 
    pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilishnini o‘z ichiga oladi. 
    O‘quvchini umumiy fizikadan nostandart masalalar ishlashga o‘rgatish, 
    o‘qitishning eng murakkab muammolaridan biridir. Masala ishlashning samarali
    bo‘lishi, o‘qituvchining qo‘llagan metodikasi va o‘quvchilarni masala ishlashning 
    umumlashtirilgan metodlarini o‘zlashtirganligiga bog‘liq bo‘ladi.
    Nostandart masalalar yechish malakasini shakllantirish darsning didaktik 
    tuzilmasini o‘rganilgan material bo‘yicha bilimlarni takrorlash va baholashni, 


    yangi malakalarni shakllantirishni va mavjudligini rivojlantirishni, bilim va 
    malakalarni yangi sharoitda qo‘llashni, uy vazifasini o‘z ichiga oladi. Fizikadan 
    masalalar yechish darsi tuzilmasini quyidagicha havola etib kelingan: 
    1. Ishning maqsadini aniqlash. 
    2. Ishni bajarish tartibini nazariy asoslash. 
    3. Ishni bajarish namunasi (o‘qituvchi tomonidan mazmuni mos masalani 
    namuna sifatida yechib ko‘rsatish). 
    4. O‘quvchining mashqlari (mustaqil masala yechish) 
    5. Xulosa chiqarish va yakunlovchi suhbat. 
    6. Uyga vazifa berish. 
    Masala yechish darsi mazmunining o‘ziga xos hususuyati nazariy bilishning 
    ikkita yakunlovchi bosqichi: nazariy natijalarni keltirib chiqarishga va nazariy 
    xulosalarni amaliy qo‘llashga mos keladi. 
    Fizik masalalarning aniq yechimini topishda tasavvur va qonunlar 
    uzviyligini to‘g‘ri aniqlash va tadbiq qilish muhim amaliy ahamiyatga ega. Bizga 
    ma‘lumki, fizikaga doir ko‘pchilik masalalar bevosita usuli bilan, ya‘ni 
    izlanayotgan kattaliklar bir nechta formulalar yordamida aniqlanadi va keyinchalik 
    hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, agar aniqlanadigan kattaliklar o‘zaro bog‘langan 
    bo‘lsa, ularni topish uchun tenglamalar sistemasi tuziladi va ular birgalikda 
    yechilib, noaniq kattaliklar qiymatlari topiladi. Ammo, fizikada shunday nostandart 
    masalalar mavjudki, ular faqat bilvosita usuli bilan, ya‘ni aniqlanadigan kattaliklar 
    o‘zaro bog‘lanmagan bo‘lib, ularni topish uchun tenglamalar sistemasi 
    bog‘lanmagan holda tuziladi va ular keyinchalik birgalikda yechilib, qidirilayotgan 
    kattalik qiymati topiladi. Masalaning shartini diqqat bilan o‘qib chiqish, asosiy 
    savolni aniqlash, masalada berilgan jarayonlar va hodisalarni tasavvur qilish.
    1. Masalaning shartini takroran o‘qib chiqish tufayli, undagi asosiy savol
    ishlashning maqsadi, ishlashga kerakli ma’lumotlarning berilganligi yana bir bor 
    aniqlanadi. 
    2. Qabul qilingan belgilashlardan foydalanib, masala shartini SI sistemasida 
    yozish. 
    3. Masalaga taalluqli zarur chizmalarni chizish. 
    4. Masalani yechish usulini aniqlash va uni ishlash rejasini tuzish. 
    5. Masalaning shartidagi jarayonlarga tegishli asosiy va qo‘shimcha 
    formulalarni yozish. 
    6. Izlanayotgan kattalikni ma’lum kattaliklar orqali ifodalab, tenglamani 
    umumiy holda topish. 
    7. Topilgan tenglamaga kattaliklarning o‘lchov birliklarini qo‘yish orqali 
    tekshirib ko‘rish. 


    8. Formulaga, berilgan kattaliklarning son qiymatini qo‘yib, hisoblashni 
    bajarish. 
    9. Olingan natijani haqiqatga to‘g‘ri kelishini tekshirib ko‘rish. 
    10. Masalani ishlash tufayli topilgan javobni yozish. 

    Download 246,24 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 246,24 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari"

    Download 246,24 Kb.
    Pdf ko'rish