|
Fizika fanidan o’quv uslubiy majmua
|
bet | 94/130 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 14,09 Mb. | | #132402 |
Bog'liq 310 07.06.2022Fanning vazifasi
fizika fanining maqsad va vazifalarini hamda ularni echish usullarini;
- fizikaning asosiy qonunlarini;
- moddani fizik tadqiqot qilish usullarining nazariy asoslarini;
- moddaning fizik xossalari va xarakteristikalarini;
- tirik organizmga ta’sir qiluvchi fizik omillarning xarakteristikalarini;
- fizik asboblarning ishlash prinsiplarini;
- fizik apparatlar bilan ishlashda o‘lchov talablarini;
- texnika xavfsizligi qoidalarini;
- laboratoriya ishlarini mustaqil bajara olishni;
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
Modul. Kirish. Mexanikaning fizik asoslari.
1-mavzu. Mexanikaning fizik asoslari. Umumiy tushunchalar. Kinematika.
Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish. Fizika fani va uning vazifasi. Fizika fani fizikaning boshqa bo‘limlari bilan bog‘liqligi. Fanni o‘rganishdagi muammolar, uslubiy ko‘rsatmalar. Fanni o‘rganishda elektron darsliklar va multimediyalardan foydalanish. Internet tizimidan foydalanish va ulardan olinadigan ma’lumotlarni o‘rganish xususiyatlari. Fanlararo bog‘lanish. Fizika fanining boshqa tabiiy fanlarni o‘rganishdagi roli.
Moddiy nuqta kinematikasi. Ilgarilanma va aylanma harakatda tezlik va tezlanish. Mexanikada kuchlar. Nyuton qonunlari. Impuls. Impulsning saqlanish qonuni. Kuchlarning ishi. Kuchlarning potensial maydoni. Kinetik va potensial energiya. Potensial egri chiziqlar va muvozanat. Mexanikadagi energiyaning saqlanish qonuni. SHarlarning elastik va noelastik to‘qnashishlari. Kimyoviy reaksiyalarda atomlarning sodda to‘qnashishlariga misollar.
Galiley-Nyuton mexanikasidagi nisbiylik qoidasi. Maxsus nisbiylik nazariyasi to‘g‘risidagi tushuncha.
Mutloq qattiq jismning ilgarilanma va aylanma harakati. Massalar markazi. Qattiq jismning inersiya momenti. Impuls momenti, kuch momenti. Qattiq jism aylanma harakati dinamikasining asosiy tenglamasi. Impuls momentining saqlanish qonuni. Aylanayotgan qattiq jismning kinetik energiyasi. Giroskoplar.
Qattiq jismlarning elastik xossalari. Elastik deformatsiya turlari: cho‘zilish, siljish, buralish, egilish. Guk qonuni. Qoldiq deformatsiya. Cho‘zilish diagrammasi.
|
| |