• O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
  • Fanni o’qitishdan maqsad
  • O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni




    Download 14,09 Mb.
    bet93/130
    Sana08.01.2024
    Hajmi14,09 Mb.
    #132402
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130
    Bog'liq
    310 07.06.2022

    O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

    Sog‘liqni saqlashning profilaktik yo‘nalishini kuchaytirish, tibbiy xizmatni sifatini yaxshilash, aholini zamonaviy, mahalliy dori-darmonlar bilan ta’minlash hozirgi dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu masalalarni hal etish uchun chuqur maxsus bilimga, amaliy ko‘nikmalarga va yuqori nazariy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash zarur.


    Fizika fani farmatsevt va muhandis-texnolog mutaxassislarni tayyorlashda asosiy fanlardan hisoblanadi. Chunki fizika asoslari tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarni, fizik mexanizmlarni, dori moddalarining harakatlari va ta’sirlarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Bu esa tibbiy va farmatsevtika instituti talabalariga fizika fanini o‘rgatish zarurligini ko‘rsatadi.


    1. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

    Umumiy fizika fanining asosiy maqsadi talabalarni asosiy fizik hodisalar, ularning mexanizmlari, qonuniyatlari va amaliy qo‘llanishlari bilan tanishtirishdir. Umumiy fizika fanining asosiy vazifasi talabalarda ilmiy-amaliy dunyoqarashni, ya’ni fizikaviy hodisalarning tabiatini to‘g‘ri tasavvur qilish, tabiiy fanlar sohasida qo‘yilgan har bir aniq vazifalar mazmunini umumiy fizika qonunlari bilan bog‘lash, asosiy fizikaviy o‘lchov asbob-uskunalaridan foydalana bilish, fizika fanining rivojida o‘zbek allomalarining qo‘shgan hissalaridan g‘ururlanishni shakllantirishdir. Talabalarning mustaqil ishlash malakasini, tahliliy mulohaza yuritish qobilyatini, shuningdek asosiy va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish mahoratini o‘stirish.

    Fanni o’qitishdan maqsad - Asosiy fizika qonunlari va ularning formulalarini, asosiy fizik prinsiplarning ma’nosi, mazmuni, harakat qonuniyatlari va ularning grafiklarini tahlil qilish, fizik kattaliklarning ma’nosini, birliklarini va ularni taqqoslashni, asosiy fizik qonun va prinsiplarni mexanik hodisalarga qo‘llay bilish, fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fizik qonun va prinsiplari asosida tavsiflash, fizikada qo‘llaniladigan fizik qonunlar, prinsiplar, ideallashtirilgan modellar va sxemalarning qo‘llanilish chegarasini bilishi talab etiladi.
    Farmatsevtika sohasining farmatsevt va muhandis-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olib muhandis-texnolog bo‘lib chiquvchi talabalarga o‘qitiladigan fizika va biofizika fanining maqsad va vazifasi barcha kimyo fanlarida, farmakologiyada, dori turlari texnologiyasi fanlarida zamin tayyorlash, undan tashqari fizik-kimyoviy tahlil usullarining nazariy va amaliy asoslarini berish hamda ularning amaliy tadbiqi bo‘yicha malaka hosil qilishdan iborat.


    Download 14,09 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130




    Download 14,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

    Download 14,09 Mb.