• 60210400 – “LIBOSLAR DIZAYNI” 2023/2024 O’QUV YILI “____ 4 ____”- KURS, “_ FAD-33u _”- GURUH
  • Amaliyot bahosi: _____________ Sana: “ ____” ___________ _______ KIRISH
  • Toshkent kimyo xalqaro universiteti kimyo international university in tashkent




    Download 3.02 Mb.
    bet1/2
    Sana06.04.2024
    Hajmi3.02 Mb.
    #189588
      1   2
    Bog'liq
    Hisobot2
    тех харита


    TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI KIMYO INTERNATIONAL UNIVERSITY IN TASHKENT



    60210400 – “LIBOSLAR DIZAYNI”

    2023/2024 O’QUV YILI

    ____4____”- KURS, “_FAD-33u_”- GURUH



    MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTI
    Talaba: __A’zamova Muxlisa__
    Amaliyot rahbari: __Mirraximova Shahnoza___
    Amaliyot bahosi: _____________


    Sana: “ ____” ___________ _______


    KIRISH
    Libos dizayni – bu doimiy o‘zgaruvchan dunyoning obrazlariga muvofiq keluvchi libosning yangi turlari, buyumlari va obrazlarini yaratishdir. Dizaynerlar tomonidan yaratilgan barcha libos modellari amaliy funksiyadan tashqari, badiiy-estetik xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi. Bu esa zamonaviy libosni moddiy, amaliy va badiiy-estetik funksiyalarini o‘zida birlashtiruvchi amaliy san’at namunasi bilan tenglashtirishga huquq beradi.
    Eksperimental dizayn innovatsion faoliyat sanaladi, ammo uning ildizlari ko‘plab kashfiyotlar davri bo‘lmish XX asr boshlariga boradi. Aynan shu davrda san’atda turli yo‘nalish va guruhlar paydo bo‘lib, libosda ham qator yangiliklar sodir bo‘ldi. Xususan, buyuk libos dizayneri Elza Skiaparelli ijodini yodga olmaslik mumkin emas. 1920-yillarda Fransiya syurrealizm (fr. surrealisme – realizmdan yuqori) deb ataluvchi yangi yo‘nalishning vataniga aylandi. Syurrealizm reallikni hayolot va tush bilan birlashtirishga, insonning g‘ayrishuuriy idrokini anglashga intildi hamda san’atda idrok orqali yetishib bo‘lmaydigan, irratsionallikni aks ettirdi. Mazkur oqimning mashhur namoyondalari orasida Andre Breton (Andres Bretone), Salvador Dali (Salvador Dali), Jan Kokto (Jane Koktos), Ernst Fuks (Ernst Fuks) va ko‘plab ijodkorlar nomini keltirish mumkin.
    Libos shaklini yaratishdagi an’anaviy jarayon murakkab va ko‘p mehnat talab qiladi. Informatsion va kompyuter texnologiyalarini qo‘llagan holda libos loyihalash jarayoni modernizatsiyasi muhandislik-fazoviy loyihalash va hajmli-fazoviy vizuallashtirish masalalariga yechim bera oladi. Kompyuter 3D-texnologiyalari libos dizayni sohasidagi bir qator muammolarga yangicha yechimlarni qo‘llash imkoniyatini yaratmoqda: inson qomatining 3D-modelidan foydalanish loyihalanayotgan buyumning shakli va uning har tomonlama ko‘rinishini aks ettirishga imkon beradi; namunani yaratmay turib libosni modelda kiydirib ko‘rish mumkin.
    Libosni 3D-modellashtirish metodikasi dizayn ob’ektlarini 3D-makon va 3D-bosma modellashtirishning grafik dasturlari paketlarini qo‘llash yordamida loyihalash sohasini yangi bosqichga ko‘tardi. 3D- va 4D-printerlarni bosma jarayonida qo‘llash natijasida kostyum loyihasini istalgan murakkab shakllarda xom ashyoda yaratish mumkin. Biroq, Fashion-industriya hamda tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida 3D-makon bilan ishlash usullari tajribaviy ijod turiga kiradi, chunki mazkur metodlar orqali libos shaklini yaratish faqatniga innovatsion nanomateriallar orqali amalga oshirish mumkin: harakatlanuvchi tuzilmaga ega biomimetik kompozitlar, plastik, polivinilatsetat, metall kukun, polistirol, polikarbonat va b.
    Texnologiyalar taraqqiyoti libos va tekstildagi ishlab chiqarishni ham chetlab o‘tmadi. Sozlangan yigirilgan ip, parafin bilan mikrokapsulalar, svetodiodlar o‘rnatilgan liboslar va shu kabi ko‘plab yangiliklar matolardagi imkoniyatlarning turfa xilligini namoyon etadi Rangni o‘zgarishi, sovuqdan asrash, elektr to‘lqinini ushlab qolish kabi kecha xayolot bo‘lgan narsalar bugungi kunda tajriba bosqichida bo‘lsa ham, mavjuddir. Masalan, STUDIO XO kompaniyasi elektron mikrogadjetlar bilan uskunalangan yorqin buyumlarni taqdim etadi. Misol uchun, yaqinda “raqamli pank” dizaynerlari (ular o‘zlarini shunday deb atashadi) juda ko‘p sonli svetodiodlardan suzish liboslarini yaratishadi, ular ko‘rinishi jihatidan Swarowski kristallarini eslatadi. Bugungi kunda Studio XO kompaniyasi mahsulotlari asosan pop-yulduzlar orasida talabga ega. 2011 yilda kompaniya liboslaridan The Black Eyed Peas musiqachilari faol foydalanishgan. XO ning kreativ rahbari Nensi Tilberi omadga qattiq ishonadi: «Biz yaratgan buyumlar – bular texnologiya olamining emas, balki moda dunyosidagi hodisalardir». Kompaniya hamkorlaridan biri Bendjamin Meylsning fikriga qo‘ra bu kabi liboslar kechki bazmlar uchun ideal mos keladi.
    Mato texnologiyasidagi inqilobiy kashfiyotlardan biri bu 3D-printerda bosib chiqarish usulidir. Uning tarkibi qizdirilgan kukunsifat neylondan tashkil topgan. Mato juda qulay, harakatni cheklamaydi, tashqi ko‘rinishi kreativ bo‘lib, 3D-printerda uy sharoitida liboslarni qayta ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Agarda bu kabi mato ommaviy tus olsa, libosni sotib olish ehtiyoji yo‘qoladi, balki eskizni topib, uni uyda chop etish yetarli bo‘ladi.


    Download 3.02 Mb.
      1   2




    Download 3.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo xalqaro universiteti kimyo international university in tashkent

    Download 3.02 Mb.