Materialni og'zaki bayon qilish




Download 1,68 Mb.
bet10/15
Sana15.05.2024
Hajmi1,68 Mb.
#234371
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Fizika-texnika fakulteti
Bo‘lakli materiallar qatlamlarida issiqlik almashinuvida qo‘llaniladigan dastgohlar, Savol va javoblar, og-zaki-metodning-turlari-haqida-tushuncha, Communicationstrategies-LucianoMariani, Kelishilgan (1), Mundarija kirish (1), Oila psixologiyasi, geografiyani-o-qitishda-og-zaki-bayon-qilish-metodlari, Esanboyev Qahramon O\'ktamovich, 1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari (1), O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe, 15-Ma’ruza Mavzu;Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikas, View of MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR DIQQATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOSINI NAZARIY OʻRGANILISHI Journal of Pedagogical and Psychological Studies, Reja Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2
Materialni og'zaki bayon qilish
Kasb ta’limida hikoya qilish, tushuntirish, ma’ruza, suhbat, o'quv materialini og'zaki bayon qilishning asosiy metodlari hisoblanadi. Hikoya — o'qituvchi tomonidan o‘quv materialini tartibli, mantiqiy, izchil, nisbatan kengroq bayon qilishda foydalaniladi. U puxta reja asosida tuzilishi, materialni bayon qilishda noaniqlikka yo'l qo'ymaslik uchun barcha detallari bilan tayyorlanishi lozim. Hikoya o'qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo'lib, tasviriv vositalar vordamida obrazli tasvirlash yo'li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir. Metodning samarasi ko'pj ihatdan o'qituvchining nuqt mahorati, so'zlarni o'z o'rnida, ifodali bayon qilishi, o'quvchilar voshi, rivojlanish darajasini inobatga olishiga bog'liq. Hikoya axborotlar bilan boyitilishi kerak. Hikoya qilinayotgan materialni saralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O'qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg'u berishga e'tiborini qaratadi. Hikoya qisqa bo'lishi, o'quvchilarda his-hayajon, mavzuga qiziqishni uyg'otishi kerak.
Suhbat savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodidir. Suhbat metodi fanga qadimdan ma ’lum, hatto undan o'z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat t a i im jarayonida aqliv fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi, o'quvchida faollikni yuzaga keltiradi.
Suhbat o'qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi. Suhbat faoliyatini endigina boshlagan o'qituvchi uchun murakkab ta'lim metodi hisoblanadi, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta'minlash, uni tashkil etishda esa barcha o'quvchilarning diqqatini ja Ib etish talab qilinadi. O’qituvchi oddiy savollar berishi, o'quvchilarga ular yuzasidan batafsil o'ylash uchun vaqt ajratishi, o'quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o'rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bi 1 ish deduktiv yoki induktiv yo‘1 bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o’quvchilarga oldindan ma'lum bo'lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o'quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar.
Suhbatning induktiv shaklidagi tushunchalarning tahlili asosida umumiy xulosaga kelinadi. Suhbat turli ko'rinishlarda, ya'ni kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi. Kirish suhbati o'quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad hal etilishi zarur bo'lgan ishlar mohiyatining o'quvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko'rishdan iborat. Yakuniy suhbat o'quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Tushuntirish o'quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umtimlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo'llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar va murakkab masalalarni o'rganishda foydalaniladi. Tushuntirish chog'ida o'quv materialining qiyin o'rinlariga urg'u berilib, mazmun ochiladi. Tushuntirish samarasi o'qituvchining ko'rgazmali vositalardan foydalanishiga bog'liq. Tushuntirish hikoyaga yaqin bo'lgan ta'lim metodi hisoblanadi. Kasb ta'limida hikoya va tushuntirishdan alohida holda kam foydalaniladi. Masalalarni bayon qilishda, masalan: mashinalar, mexanizmlar tuzilishi yoki texnologik jarayonlarning borish ini bayon qilishda ko'pincha hikoya va tushuntirish birga qo'shib olib boriladi. Hikoyani tushuntirish muvaffaqiyatli o'tkazilishi uchun o'qituvchi o'quvchilarning amaliy tayyorgarligini hisobga olgan holda vetkaziladigan materialni qabul qila ol ish lari n i tasavvur qilishi kerak.
Buning uchun o'quvchilar maxsus texnologiya, materialshunoslik mavzulari bo'yicha qaysi o'quv materialini o'tganliklarini bilishi muhimdir. Bundan tashqari, o‘qituvchi o'quvchilarni yoi lanma vaqtida savollar yordamida nimalarni eslashlarini tekshiradi va zarur bilimlarni ular xotirasida qayta tiklaydi. Ma’ruza yirik hajmdagi o'quv materialini og'zaki bayon qilish metodi sanalib, u qat ’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilavotgan axborotlarning ko'pligi, bilimlar bayonining tizimliligi kabi o'ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi.
Ma'ruza mazmuni murakkab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bogianishlari, qonun va qoidalardan tashkil topadi, u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi, bir vaqtda o'quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o'rgata boradi. Maktab ma ’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat: ma’ruza rejasini tuzish; o'quvchilarni ma'ruza mavzusi, rejasi bilan tanishtirish; ma’ruza bandlarini mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etish: har bir bandini qisqacha xulosalash; ma ’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o'tishda mantiqiy aloqadorlikni ta’minlash; ma'ruzani muammoli va hissiy tarzda bayon qilish; bunda nutq imkoniyati, misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish; o'quvchilarning bilish faoliyatini mahorat bilan boshqarish; ma’ruzaning muhim jihatlarini ochib berish; o'quvchilar ma' ruzaning asosiy o'rinlarini yozib borishlariga imkon ya rat ish; muhim o'rinlarni ta'kidlab ko'rsatish; ma’ruza mazmunini ko'rgazmali tarzda (namoyish, illyustratsiya, videofilm va boshqalardan foydalangan holda) yoritish
Ta’lim sifatini oshirishda

Download 1,68 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1,68 Mb.