• Namoyish metodi
  • Fizika-texnika fakulteti




    Download 1,68 Mb.
    bet11/15
    Sana15.05.2024
    Hajmi1,68 Mb.
    #234371
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Fizika-texnika fakulteti
    Bo‘lakli materiallar qatlamlarida issiqlik almashinuvida qo‘llaniladigan dastgohlar, Savol va javoblar, og-zaki-metodning-turlari-haqida-tushuncha, Communicationstrategies-LucianoMariani, Kelishilgan (1), Mundarija kirish (1), Oila psixologiyasi, geografiyani-o-qitishda-og-zaki-bayon-qilish-metodlari, Esanboyev Qahramon O\'ktamovich, 1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari (1), O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe, 15-Ma’ruza Mavzu;Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikas, View of MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR DIQQATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOSINI NAZARIY OʻRGANILISHI Journal of Pedagogical and Psychological Studies, Reja Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2
    Ko'rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Ko'rgazmali metodning quyidagi turlari mavjud:

    Ushbu metodla rdan foydalanish zaruriyati ko'rsatmalilik tamoyiliga


    amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko'rinadi. Pedagogik-psixologik yo'nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o'zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko'rish retseptorlari vordamida o'zlashtiriladi. Ko'rgazmali metodlar — bu ko‘rsatmali qurollarni namoyish (ko‘rsatish) qilish, mehnat usullarini ko'rsatish; o'quvchilarning mustaqil kuzatishlari; o'quv-ishlab chiqarish ekskursiyalari. Ko'rsatmali qurollarni namoyish qilish (ko'rsatish) metodi yordamida o'quvchilarda mehnat harakatlarining muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular unga taqlid qiladilar va o'z harakatlarini qiyoslaydilar. Mazkur metodning qo'llanilishi kasb ta’limida ko'rgazmalik tamoyilining yaqqol namunasi bo'lib hisoblanadi. Kasb ta’limi darslarida ko'rsatmali qurollarning turli xil va shakllaridan foydalanish o'qituvchining tushuntirishlarini yaxshi idrok qilish hamda o'zlashtirishlarga, malakalarning mustahkam shakllanishiga yordam beradi. Plakatlar, sxemalar, modellar, maketlarni namoyish qilish bilan bir qatorda harakatdagi ish quroli. asboblar, moslamalar xomashyolar, buyumla rning namunalari va hokazolarni ko'rsatish ham katta ahamiyatga ega.
    Namoyish metodi o'rganilayotgan obvekt harakat dinamikasini ochishda, predmetning tashqi ko'rinishi, ichki tuzilishi haqida ma’lumot berishda keng qo'llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda, odatda, uning tashqi ko'rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o'zaro munosabatiari)ga e ’tibor qaratiladi, so'ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o'rganishga o'tiladi. Ko'rsatish ko'p holatlarda o'rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi vordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish, maxsus jihozlar vordamida ko'rsatish hisobiga amalga oshadi.
    Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko'proq samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin bo'lavermaydi. Shu sababli tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog'ida, turli o'simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish), sun’iy obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi. Metod vordamida o'qituvchi o'quvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni o'rganish, zaruriy o'lchov ishlarini olib borish, alo-qadorlikni o‘rnatish, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga, faol bilish jarayoniga yo‘naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko'p jihatdan bilish jarayonining o'quvchilar yoshiga mos holda to'g'ri tanlanishi, ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo'naltirishiga bog'liqdir. O'rganilayotgan mavzuning mazmuniga bog'liq bo'lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bo'lmaydi. Shuning uchun ham o'tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Mazkur metod sinf sharoitida — dars jarayonida qo'llaniladigan t a ’lim metodlaridan tubdan farq qiladi. Ekskursiya narsa va hodisalar mohiyatini tabiiy sharoitlar (ishlab chiqarish muassasalari, fermer va jamoa xo'jaliklari, tabiat) yoki maxsus muassasalar (muzey, ko'rgazma zallari va hokazolar)da bevosita o'rganilishining tashkil etilishidir. Ekskursiya bir vaqtning o'zida mustaqil ta’lim tnri ham sanaladi.

    Download 1,68 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1,68 Mb.