|
Kimyoviy havfli ob’ektlardagi halokatlar bu
|
bet | 3/4 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #237014 |
Bog'liq Hayot Faolyati Havfsizligi Mustaqil IshKimyoviy havfli ob’ektlardagi halokatlar bu:
texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong‘in uchun havfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ob’ektlardagi, odamlarning mexanik va termik shikastlanishiga, zaharlanishiga va o‘limiga, asosiy ishlab chiqarish fondlarining nobud bo‘lishiga, FVlar xududlarida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayotining buzilishiga olib keladigan halokatlar, yong‘inlar va portlashlar;
odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o‘limiga olib kelgan hamda qidirish - qutqarish ishlarini o‘tkazishni nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va xaltalarini qo‘llanishni talab qiluvchi ko‘mir shaxtalaridagi va ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariya – yong‘inlar va jinslar qo‘porilishi.
Yong‘in-portlash havfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi halokatlar bu:
sanoat va qishloq xo‘jaligi mas’ul iste’molchilarining halokat tufayli energiya ta’minotisiz qolishi-ga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES, GRES, TESlardagi, ulkan issiqlik markazla-ridagi, elektr tarmoqlaridagi bug‘qozon bo‘limmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shahobchalaridagi va boshqa energiya ta’minoti ob’ektlaridagi halokatlar va yong‘inlar;
atmosfera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining odamlar salomatligiga havf tug‘diruvchi darajada konsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo‘lgan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi halokatlar.
Gidrotexnik halokatlar bu:
Suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog‘lardagi ko‘llardan suv toshib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan xududlarda odamlar o‘limiga sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari
Ijtimoiy yo‘nalishdagi ob’ektlardagi xodisa va halokatlar bu:
Odamlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv o‘tkazilishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshq., shuningdek uy-joy sektori binolari konstruksiyalarining to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshq.
- Radioaktiv va boshqa xavfli va ekologik jihatdan zarar bo‘lgan
- moddalarni ishlatilishi yoki saqlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan halokatlar bu:
- sanitariya - himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bo‘lgan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlarning yo‘l qo‘yiladigandan ko‘p miqdorda nurlanishini keltirib chiqargan texnologik jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan ob’ektlardagi halokatlar;
- radioaktiv materiallarni tashish vaqtidagi halokatlar;
- atrof-muhit va odamlar salomatligi uchun xavf tug‘diruvchi radioaktiv chiqindilar to‘plagichlardagi, chiqindixonalardagi, shlam to‘plagichlardagi va zaharli moddalar ko‘miladigan joy-lardagi halokatlar (o‘pirishlar);
- radioizotop buyumlarning yo‘qotilishi;
- biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va boshqa muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yo‘qotilishi bilan bog‘liq vaziyatlar.
Texnogen tusdagi halokatlarning asosiy sabablari quydagilardan iborat:
- inshootlarni loyihalashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar;
- texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik;
- ishlab chiqarishda doimiy nazoratning susayishi va ayniqsa,
yengil alanga oluvchi, yong‘inga xavfli moddalardan foydalanishda e’tiborsizlik;
- ishlab chiqarish texnologiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolik,
jihozlarni, mashina va mexanizmlarni o‘z vaqtida ta’mirlamaslik;
- mehnat va ishlab chiqarish intizomining pastligi;
- qo‘shni ishlab chiqarish korxonalarda yoki energetika,
gaz tarmoqlarida yuz bergan halokat;
- halokatlarni keltirib chiqaruvchi tabiiy favqulodda hodisalar.
Texnogen favqulodda vaziyatlar natijasida:
insonlar qurbon bo‘lishi, turli darajada shikastlanishi,
atrof-tabiiy muhitning, atmosfera havosining turli zaharli moddalar bilan ifloslanishi,
o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami nobud bo‘lishi,
juda katta moddiy zarar ko‘rishga olib kelishi kabi oqibatlari kuzatiladi
- Ishlab chiqazish sohasida faoliyat yuritayotgan har bir ishchi halokatlar yuz berganda harakatlanish qoidalarini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur.
- Misol uchun, elektr energiyasini tarmoqdan uzishning ham o‘ziga xos talablari, gaz, bug‘ apparatlarini o‘chirishning ham o‘ziga xos qonun qoidalari mavjud bo‘lib, agar texnologik jarayonlar va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmasa, inson hayotiga ju-da katta xavf solishi yoki juda katta moddiy talofatlar keltirishi mumkin.
|
| |