Suv Tanqisligi Va Qurg'oqchilik Muommolari




Download 2,14 Mb.
bet9/20
Sana31.05.2024
Hajmi2,14 Mb.
#258205
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
fazliddinnnnnnnnn

Suv Tanqisligi Va Qurg'oqchilik Muommolari
Toza suvni tavsiflovchi asosiy ko’rsatgichlar quyidagi 2 ta davlat andozalarida ko’rsatilgan:
1. DAVAN 28-74-82. Ichimlik suv.
2. DAVAN 27-61-84. Markazlashgan xo’jalik ichimlik suv ta`minoti manbalari.
Umuman olganda, chiqindi suvlardagi iflosliklarning 60 % i organik moddalarning quyidagi 2 ta ko’rsatgichi bilan aniqlanadi:
1. Suvning kislorodga bo’lgan biokimyoviy talabi (ehtiyoji).
2. Organik moddalarni kimyoviy yo’l bilan oksidlash uchun sarflangan kislorod miqdori.
Bir litr suvda 1 g dan kam tuz bo’lsa, uni chuchuk suv, undan ko’p bo’lsa, shur suv deb ataladi.
Suvning tiniqligi suv tubida maxsus quyilgan krest yoki shrift aniq ko’rinadigan suv qatlami (balandligi)ning qalinligi bilan o’lchanadi. Suvning tiniqligi tarkibidagi qo’shimchalarning o’lchamiga va miqdoriga bog’liqdir. Agar zarrachalarning o’lchami 100 nm dan katta bo’lsa, dag’al dispersli suv va 1-100 nm atrofida bo’lsa, chin eritmalar deb ataladi. Dag’al dispersli va chin eritmalar quvurlar ichini ifloslantirib, ishlash samaradorligini pasaytiradi va shikastlanishlarga olib keladi.
Suvni tafsivlovchi kattaliklardan yana biri-bu suvning qattiqligidir.
Suvning qattiqligi vaqtincha, doimiy va umumiy qattiqliklarga bo’linadi.
Suvning vaqtinchalik qattiqligi suv tarkibida kalsiy va magniy gidrokarbonatlar miqdori bilan belgilanadi, ular qaynatilganda erimaydigan karbonatlarga aylanadi va cho’kma hosil qiladi.
Sa (NSO3)2 SaSO3 + N2O + SO2
2 Mg (HCO3)2 MgCO + Mg (OH)2 + N2O + 3 CO2
Suvning doimiy qattiqligi deganda, uni qaynatilganda yuqolmaydigan kalsiy va magniy tuzlarining mavjudligi tushuniladi.
Suvning vaqtinchalik va doimiy qattiqliklarining yig’indisi uning umumiy qattiqligi deb ataladi.
Suvning qattiqligi 1 litr suv tarkibida kalsiy va magniy ionlari mg ekvivalenti bilan ifodalanadi. Agar 1 litr suvda 20,04 mg kalsiy ionlari yoki 12,16 mg magniy ionlari mavjud bo’lsa, tabiiy suvlar qattiqligi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:

Suvning qattiqligi, mg ekv/litr

Suvning xossasi

0,5 – 1,5
1,5 – 3,0
3 – 6
6 – 10
10 dan ko’p bo’lsa

Juda yumshoq suv
Yumshoq suv
Mo’tadil qattiq suv
Qattiq suv
Nihoyatda qattiq suv

Agar suv bilan ishlaydigan asbob-uskunalarning devorida qalinligi 1 mm bo’lgan cho’kma (nakip) mavjud bo’lsa, yonilgining sarflanishi 5 % ga oshadi.
Odatda qattiq suvda sovun ishlatganda yaxshi ko’pirmaydi, suv qaynatilgan idishda tuz qatlamlari (nakip) paydo bo’ladi.
Suv xavzalariga yer sho’rini yuvishda ishlatilgan oqova suvlarning kelib tushishi, zax suvlari, sanoat korxonalarining chiqindi suvlari daryo suvining kimyoviy tarkibini buzib, uning qattiqligini oshirib yuboradi.

Download 2,14 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 2,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suv Tanqisligi Va Qurg'oqchilik Muommolari

Download 2,14 Mb.