|
Fuqaro muhofazasi borasida xalqaro hamkorlik
|
bet | 7/20 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,14 Mb. | | #258205 |
Bog'liq fazliddinnnnnnnnnFuqaro muhofazasi borasida xalqaro hamkorlik.
Bu tinchlik va harbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish funktsiyasiga ega bo’lgan barcha davlat, mahalliy, ob’ekt tuzilmalari va bo’linmalarining majmuidir.
Fuqaro muhofazasi kuchlari-O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududini tinchlik va urush vaqtida tabiiy, ekologik va texnogen FVlardan himoyalovchi davlat, mahalliy, inshoot va boshqa tizim va qismlar majmuasidir.
Fuqaro muhofazasining vositalari-bu O’zbekiston Reespublikasi aholisi va hududini tinchlik va urush vaqtida himoyalash uchun zarur va moddiy-texnik boyliklar yig’indisidir.21
O’zbekiston Respublikasidagi FVlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun yo’naltirilgan kuch va vositalar quyidagilardan iborat:
Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda professional ixtisoslashtirilgan avariya – qutqaruv va avariya – tiklash bo’linmalari
Mudofaa vazirligining FM qo’shinlarining kuchlari va vositalari, Ichki ishlar vazirligining Harbiylashtirilgan yong’indan saqlash Respublika ixtisoslashtirilgan otryadi, Sog’liqni saqlash vazirligining shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish Respublika markazi, “O’zavtotrans” davlat korporatsiyasining shoshilinch ishga kirishish avtotransport otryadlari, “O’zbekiston havo yo’llari” “O’zbekiston temir yo’llari” kompaniyalarinig maxsus otryadlari.
Mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar), Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchi komandalarining tuzilmalari Ob’ektlarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari. Tashkilot, idora va ishlab chiqarish tarmoqlarida jamoatchilik asosida tashkil etilgan kuchlar. Bularning oldiga qo’yilgan vazifalar asosan o’z tasarrufidagi ish faoliyati miqiyosida sodir bo’ladigan noxush vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdan iborat.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo’yilgan dadil qadamlardan biri-avval mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa shu boshqarma negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilishi bo’ldi. Aholi va xalq
O.Qudratov, T.G’aniev “Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi” 37-38-betlar
xo’jaligi ob’ektlarini muhofaza etishni ta’minlashga rahbarlik qilish respublikada O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Favqulodda vaziyatlar vaziriga yuklatildi. Farmonning ushbu bandiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2153 Farmoni bilan o’zgartirish kiritilib O’zbekiston Respublikasida aholi va xalq xo’jaligi ob’ektlarini muhofaza etishni ta’minlashga rahbar etib O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri belgilandi.22
Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishi asosan: a) favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish,
b) aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilish,
v) favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, g) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash,
d) fuqarolar muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish,
e) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va halqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish va hokazo.
Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarni bajarish boshqa vazirliklar, idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijroga qabul qilinishi majburiy hisoblanadi.
|
| |