|
-modda. Fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik
|
bet | 2/20 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,14 Mb. | | #258205 |
Bog'liq fazliddinnnnnnnnn3-modda. Fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik
Fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
4-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
5-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan fuqaro muhofazasi sohasidagi hamkorligi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan xalqaro shartnomalar va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
II. FUQARO MUHOFAZASIGA RAHBARLIK QILISH, DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI VAKOLATLARI
6-modda. Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig‘idir.
Fuqoro Muhofazasi Stajndartlari Tabiiy Xususiyatli Favqulodda Vaziyatlar
Fuqaro muxofazasi – umum davlat miqyosida olib boriladigan tadbirlardan iborat bo`lib, axoli va xududlarni urush va tinchlik davridagi FV-lardan muxofazalash, xalq xo`jaligi ob`ektlarining barqaror ishlash faoliyatini ta`minlash, xamda tabiiy ofat, falokat (xalokat)lar oqibatlarini bartaraf etish va kechiktirib bo`lmaydigan qidiruv – qutqaruv ishlari olib borishdan iborat.
FM-ning vazifasiga qo`yidagi masalalar kiradi:
Talabalarni urush va tinchlik davrlarida muxofazalanish vositalari va usullaridan unumli foydalanish, kechiktirib bo`lmaydigan qidiruv - qutqaruv ishlarini olib borishga o`rgatish va talofat qurilgan vayronagarchiliklarni bartaraf qilish ishlarida ishlash tartib qoidalari o`rgatadi.
Bo`lajak pedagoglarga FMsi shtabining tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish ketma - ketligi, o`quvchilarni turli FV larda o`zlarini to`g`ri tutishligi va yordam berish xamda o`zaro yordam berish usullari o`rgatiladi.
Talabalarga FM-ning tashkilotlarini tuzish tartibi va o`qitish usullariga oid bo`lgan savollarning echimini o`rgatishga yordam beradi.
Fuqaro muxofazasi boy an`analarga ega, chunki Fuqaro muxofazasi tashkilotining boshlanishi MPVO (mestnaya protivovozdushnaya oborona – maxaliy xavo xujumiga qarshi mudofaa - MXXKM) tuzilmasining tashkil etilishidan boshlangan. Fuqaro muxofazasining debochasi MXXKM nemis-fashizmining ustidan g`alaba qozonishda katta xissa qo`shgan. 1941 yilning oktyabrida MXXKM dastlab Buxoro, Samarqand, Farg`ona va boshqa viloyatlarda tashkil etilgan. So`ngra 1942 yilning may oyida Qoraqolpog`istonda shaxar shtablari tuzilib, maktab va to`garaklarda 4,5 mln. Fuqoro 6572 guruxlarida o`zini ximoya qilish bo`yicha tayyorgarlikdan o`tkazilgan. MXXKM - ning shaxsiy tarkibi yordamida tank kolonnalari va aviaeskadril`yalarini tashkil etilishiga zarur bo`lgan mablag`lar to`plangan, bundan tashqari dushman ishg`ol qilgan xududlardan evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish va joylashtirish ishlarini amalga oshirishgan. Shuni ta`kidlash joizki, O`zbekistonda 900 mingdan Ko`proq bolalar, nogironlar, yaradorlar, frontdagi jangchilarning oilalari xam iliq kutib olindi.
O`zbek xalqi II – jaxon urushining g`alaba bilan yakunlanishi uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. Front uchun zarur bo`lgan o`q – dori, xarbiy texnika, va boshqa anjomlar etkazib berishda tinimsiz mexnat qildi. Natijada O`zbekiston 1941 – 1945 yillardagi nemis - fashizmiga qarshi olib borilgan urush davomida frontga 2100 ta samolet, 17342 ta aviamotor, 2138 ming dona aviabomba, 17100 ta minomet, 4500 birlikdan iborat bo`lgan minalarni yuk qiluvchi qurollar yetkazib berilgan. Bundan tashqari front uchun 60 mingga yaqin xarbiy – kimyoviy apparatura, 22 mln. dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln. dona granata, dala radiostantsiyalari uchun 3 mln. dona radiolampalar, qariyb 300 mingta parashyut, 5 ta bronepoezd, 18 ta xarbiy – sanitariya va xammom – kir yuvish poezdi, 2200 ta ko`chma oshxona va boshqa ko`p miqdorda xarbiy anjomlarni etkazib berdi.
Prezidentimiz I.Karimov 1999 yil 2 martda e`lon qilgan Farmoyishiga ko`ra, 9 May - Xotira va Kadrlash kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bu kunda fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga xissa qo`shgan xamda Vatanimiz mustaqilligi uchun xayotini tikkkan xar bir inson umumxalq tomonidan yodga olinadi. Xozirgi kunda safimizda bo`lgan nuroniy otaxonu – onalarimiz esa doimo e`zozlanib qadrlanadi.
Aholini ximoya qilish bo`yicha amalga oshirilgan muxim ishlardan biri - bu 1961 yil iyul` oyida MPVO ni Mudofaa vazirligi qoshida Fuqoro mudofaasi tashkilotiga aylantirilganligi xisoblanadi. Buning ob`ektiv sabablari - tabiiy ofatlarning ko`payishi, ishlab chiqarilishlardagi falokatlar, respublika xududidagi tinchlik davrida sodir bo`layotgan xalokatlar, qurollanish poygasi, sovuq urush va 2 - jaxon urushi xavfining yuzaga kelganligi.
1996 4 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan «Favqulodda vaziyatlar vazirligi» ning tashkil topilishi munosabati bilan «Fuqoro mudofaasi» Fuqoro muxofazasi (FM) deb yuritiladigan bo`ldi.
FM standartlari Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar
|
| |