• Orol dengizi va Orol bo`yi ekologiyasi.
  • Orol dengizi qurishi bilan bog'liq muommolar va uning atrofini jonlantirishga qaratilayotgan chora tadbirlar




    Download 2,14 Mb.
    bet10/20
    Sana31.05.2024
    Hajmi2,14 Mb.
    #258205
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
    Bog'liq
    fazliddinnnnnnnnn

    Orol dengizi qurishi bilan bog'liq muommolar va uning atrofini jonlantirishga qaratilayotgan chora tadbirlar
    Tabiat va inson o`rtasidagi munosabatlar ma`lum qonuniyatlar asosida borib, unin gbuzilishi ertami-kechmi, ekologik falokatga olib keladi.
    Tabiiy ersurslardan pala-partish foydalanish, iqlim o`zgarishiga tuproq buzilishiga olib keladi.O`zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida rivojlanish bilan tavsiflanadi. Respublikamizdagi tabiatni muhofaza qilish mintaqaviy hususiyatlardan iborat:

    • Qishloq xo`jalik va sanoat ishlab chiqarish bilan bog`liq holdagi nisbatan kichik hududda aholining zichligi. Shunin guchun insonnin gkimyolashtirilgan xo`jalik va mayishiy faoliyati natijasida atrof muhitga salbiy ta`siri kuzatiladi.

    • Suv resurslarining tanqisligi, ulardan sug`orish sanoat mayishiy turmush sohalarida keng foydalanish va ularni ifloslanishi

    • Respublika hududining bir qismi tog` oraliqlarida bo`lgani uchun tabiat iqlim hususiyatlari bilan havfli zona (atmosferada zararli moddalarning to`planishi bo`yicha) hisoblanadi.

    Markaziy Osiyoda sug`oriladigan dehqonchilikda suv resurslardan asossiz va noo`rin foydalanish natijasida, Orol va Orol bo`yi muammosi vujudga keldi. Yerning qayta sho`rlanishiva suvning yaroqsizligi ko`payib bormoqda. O`simliklar xom ashyosidan foydalanish chorvani betartib o`tlatish tabiiy manzaraga reaksiyon taziq respublikasidagi ekotizmlarning mahsulotlarni unumdorligini kamapyishiga olib kelmoqda.
    Orol dengizi va Orol bo`yi ekologiyasi. Orol dengizi ilgari vaqtlarda dunyoda eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib undan ovchilik transport Amudaryo, Sirdaryo yer osti suvlari hamda atmosfera yog`inlari tushushi va yuzadan suvning bug`lanishini tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5-2 m o`zgarishi, tabiiy iqlimi xususiyatlari biloan bog`liq bo`lib, suvning hajmi 100-150 km3 suv sathi maydoni 4000 km2 ni tashkil etadi.
    Sug`oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida sug`orishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurg`oqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning belgisiga quyidagilar suv miqdori kamaydi.
    Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 marta pasaydi. Bunda dengizning hajmi 3 marta yuzasi esa 2 marta sho`rlanish darajasi 9-10 g/l dan 34-37 g/l ga ortdi.
    Hozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80-100 sm tashkil etmoqda. Qirg`oq chizig`i 60-80 km ga pasayib ochilib qolgan yerlar 23 ming km2 ni tashkil etadi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashdi hamda ichish uchun yaroqsiz bo`lib qoldi. Ekologik tizimlar, o`simlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol janubiy oroldadir. Ushbu mintaqa o`z ichiga shimoliy g`arbiy qizilqum Zaungauz qoraqumi janubiy ustyurt va Amudaryo deltasi kabi lanshaft komplekslarini oladi. Orol bo`yining umumiy maydoni 437 ming km2 bo`lsa uning janubiy qismi 245 ming km2 ni tashkil etadi. Bunga Qoraqalpog`iston hududi O`zbekistonning Xorazm viloyati Turkmanistonning Tashovuz viloyatlari kiradi.
    Orol va Orol bo`yida sodir bo`layotgan jadal ravishdagi cho`llanish xodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham uni miqdor va sifat jixatidan baxolashda ancha qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.
    Dengiz tubini ochilishi va daryo deltalarining qurishi hisobiga cho`l maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 4mln gektar maydon yuzasi mayday tuz zarrachalari bilan qoplanib, yangi shakildahi qum qoplamlari hosil qiladi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo xududi qum tuz aerozollarini shamol yordamida ko`chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko`ra, yiliga atmosferaga 15-75 mln. tonnagacha chang-to`zon ko`tarilishi mumkin.
    Dengiz tubidan ko`tarilgan chang tuz to`zoni atmosferani ifloslanishini 5 foizdan ham orttirib bormoqda. Chang tuz to`zonlarini atmosferaga ko`tarilishini birinchi marta 1975 yili kosmosdan kuzatilgan. Bunday to`zonlar yilning uch oy davomida kuzatiladi. Chang-tuz to`zonlarining uzunligi 400 km eni esa 40 km bo`ladi, radiusi 300 km ni tashkil etadi.

    Download 2,14 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




    Download 2,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Orol dengizi qurishi bilan bog'liq muommolar va uning atrofini jonlantirishga qaratilayotgan chora tadbirlar

    Download 2,14 Mb.