TERRORIZM VA AHOLI MUHOFAZASI




Download 2,14 Mb.
bet18/20
Sana31.05.2024
Hajmi2,14 Mb.
#258205
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
fazliddinnnnnnnnn

TERRORIZM VA AHOLI MUHOFAZASI
Terrorizmning paydo bo’lishi.
Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, ayniqsa uning so’nggi 10 yilida xalqaro jamoatchilikni qattiq tashvishga solib qo’ydi
Terrorizm bu – ma’lum siyosiy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan, tinchlikka, fuqarolar xavfsiligiga va hayotiga zo’ravonlik ishlatish, yoki, uni qo’llash xavf xatarini tug’diradi.
2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi” qonunida terrorizmga “Xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, dalatning suverentini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy siyosiy beqarorlashtirish, aholini qo’rqitish maqsadida davlat organlarini xalqaro tashkilotlarni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy va yuridik shaxsning biror bir faoliyatini amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo’rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug’diruvchi boshqa qilimishlar, ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorlichilik tashkilotlarining mavjud bo’lishini, ishlab turishini, moliyalashtirishni ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga, ularning faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag’-vositalar va resurslar berish, yoki yig’ishga, boshqa xizmatlar ko’rsatishga qaratilga faoliyat” tarzida ta’rif berladi.
Terrorizm insoniyat jamiyati rivojlanishinig kapitalizmgacha bo’lgan davri. Buyuk fransuz inqilobi bilan bevosita bog’liq bo’lgan feodolizmdan kapitalizmgacha o’tish davri, bir qator Yevropa davlatlarida monarxiya tuzumi bilan kurashish, shuningdek, burju demokratiyasi qaror topish davrining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy hodisasi sifatida o’rganish kerak.
XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning eng daxshatli turi avj oldi. Bu diniy ekstremizmdir. Bu dinni niqob qilib olib, o’zlaricha islom davlatini tuzamiz deb, odamlarga ta’sir o’tkazish turli qo’poruvchilik haraktlarini olib borishdir. Diniy ekstremizm nima, u qanday paydo bo’ldi degan savol tug’iladi. Bu savollarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov xulosalaridan javob topamiz: “Jamiyat hayotining bir qismi bo’lgan din, ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan muqarrar ravishda munosabatda bo’lgan. Ularga ta’sir ko’rsatgan va o’zi ham boshqa sohalarning ta’siriga duch kelgan. Hozir mavjud bo’lib turgan diniy tartiblarning ko’pchiligi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy burilishlar, tangliklar davrida shakllanganligi bejiz emas. Shu tariqa din insoniyat tarixining turli davrlarida siyosat bilan ozmi ko’pmi ochiq oydin munosabatg kirishgan. Ko’pincha undan siyosiy va ba’zan bir taraflama, tor maqsadlarda foydalanib kelingan. Afsuski insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm(o’ta ketgan mutaasiblik) sifatida foydalanganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. fanatizmning o’ziga xos xususiyati va ko’rinishlari avvalambor o’z dinini haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, bishqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lishdan iboratdir. Aynan fanatizm illatiga yo’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar. Ustiga-ustak ommaviylik unsuri muayyan bir xatti-haraktlar uchun shaxsiy javobgarlik hisini yo’qotib yuboradi, harakatga “omma”, “xalq” harakati tusini beradi.
O’zining shak-shubhasiz haqligiga, haqiqatni faqat o’zi bilishiga ishonch hisi so’ngi choralarga – zo’ravonlik harakatlariga moyilligi bilan ajralib turadigan diniy ekstremizmning paydo bo’lishiga zamin yaratadi.
Adolat yuzasidan shuni e’tirof etish kerakki, diniy fanatizmning “otilib chiqishga” sof diniy ziddiyatlardan ko’ra ko’proq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammlrning hal qilinmagaligi sabab bo’ladi.
Diniy fanatizmni alanga oldirish orqali hokimiyatga intilish, aldangan a’vomning ko’r-ko’rona g’azabidan o’zining qora niyatlari yo’lida foydalanish siyosiy yoki shaxsiy manfaatlarga erishishni din bilan niqoblash hudojo’ylikni ashaddiy haqorat qilishdir.

Download 2,14 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 2,14 Mb.