|
Qo'mondon shtab mashqlari va taktik maxsus mashqlari ularni tashkil etish va o'tkazish tartibi
|
bet | 16/20 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,14 Mb. | | #258205 |
Bog'liq fazliddinnnnnnnnnQo'mondon shtab mashqlari va taktik maxsus mashqlari ularni tashkil etish va o'tkazish tartibi
Fuqaro muhofazai maxsus- taktik o’quv mashg’ulotlari va qo’mondonlik-shtab o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish, o’tkazish.
O’quv mashqlarini tashkil etish asoslari. Taktik-maxsus mashqlari - fuqaro muhofazasining harbiy va maxsus bo’linmalari hamda avariya-qutqaruv tuzilmalarining amaliy ishlarni bajarishga o’rgatish, tabiiy va texnogeya xususiyatli vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratish asosiy shaklidir. Uning asosiy maqsadlari;
- sardor-boshliqlar tarkibining avariya-qutqaruv va shoshilinch ishlarni va aholini muhofaza qilishni tashkil etish, tuzilmalarni boshqarish ishlarida amaliy ko’nikmalarni takomillashtirish;
- tuzilmalarni hamda avariya-qutqaruv bo’linmalarini aholini muhofaza etish tadbirlarini mustaqil ravishda bajarish hamda boshqa tuzilmalar, qidiruv-qutqaruv xizmati bo’linmalari, fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan birgalikda harakat qilishga tayyorlash;
-aholini favqulodda vaziyatlardan va zamonaviy qirg’in vositalarini qo’llanganda uning oqibatlaridan muhofaza qilishning eng samarali usullarini qidirib topish hamda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, fuqaro muhofazasi boshliqlari, vazirliklar, boshqarma va tashkilotlarning qarorlariga binoan tuzilmalar harakatlari bo’yicha me’yoriy hujjatlardagi ayrim holatlarni tekshirish maqsadida tajriba-tadqiqot taktik-maxsus o’quv mashqlarini o’tkazish.
Ularda kuchli vayronagarchiliklar, yong’inlar, suv bosishlari, radioaktiv va kimyoviy zararlanish sharoitida, sardor-boshliqlar tarkibi, avariya-qutqaruv tuzilmalari va boshqa shoshilinch ishlarni olib borishga mo’ljallangan tezkor tuzilmalarning mohirona harakatini talab etuvchi murakkab va ibratli sharoit yaratilmog’i zarur.
O’quv mashqlari uning miqyosi va o’rgatilayotganlarning tarkibiga bog’liq holda belgilangan talablarga muvofiq maxsus kiyim-bosh, texnika va uskunalar bilan jihozlanib, o’quv mashqlariga to’la butlangan shaxsiy tarkibda olib chiqiladigan tuzilmalar, komandalar, guruhlar va boshqa bo’linmalar bilan olib boriladi.
Umumiy vazifalarni bajaruvchi tuzilmalar bilan o’quv mashqlari odatda, xizmat tuzilmalari bilan birgalikda o’tkaziladi. Masalan, qutqaruv otryadi (komanda, guruh) bilan birgalikda sanitar drujinalar (postlar), razvedka, jamoat tartibini saqlash, yong’inga qarshi kurash, panajoylarga xizmat ko’rsatish guruhlari ishtirok etishlari kerak. Fuqaro muqofazasi xizmatlaridan jalb etiladigan tuzilmalarning soni o’quv mashqi mavzusiga to’liq maqsadlariga, xarakteri, avariya-qutqaruv va shoshilinch ishlarning hajmiga bog’likdir. Agar fuqaro muhofazasi xizmatlarining biror-bir (maxsus) tuzilmasi u yoki bu sababga ko’ra ob’ekt taktik-maxsus o’quv mashqiga jalb etilmagan bo’lsa, navbatdagi kompleks o’quv mashqigacha u bilan albatta mustaqil taktik-maxsus o’quv mashqi o’tkazilishi kerak.
Hududiy tuzilmalar va qutqaruv otryadlari bilan maxsus-taktik mashqlarni tayyorlash va o’tkazish uchun rahbariyat shtabi tuziladi. Bo’linmalar, guruhlar va boshqa tuzilmalar bilan boshqaruv guruhi tashkil etiladi, tuzilmalar va taqlid bo’yicha rahbarning yordamchilari (vositachilar) tayinlanadi. Ayrim hollarda rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi (RTTM)ning o’qituvchilari jalb etilishi mumkin.
O’quv mashqi raqbarining majburiyatlari o’kuv mashqini tayyorlashda:
-tegishli me’yoriy va huquqiy hujjatlarni (qonunlar, qarorlar, yo’riqnomalar) o’rganish, tuzilmalarning tayyorgarlik holatini tahlil etish, dastlabki ma’lumotlarni ya’ni mavzuni, o’quv mashqining maqsadini, o’tkazish muddatini, o’quv bosqichi va savollarini, jalb etilayotgan tuzilmalarning soni va tarkibini, o’quv mashqi o’tkaziladigan hududni, taqlid vositalarini, moddiy-texnik ta’minot masalalarini aniqlash;
-mashq o’tkaziladigan hududlarni tayyorlash tartibini, qanday kuchlar bilan qanday muddatlarda ular tayyor bo’lishi lozimligini belgilash;
|
| |