|
Transportlardagi Avariyalarning Oldini Olishga Qaratilgan Choralar
|
bet | 13/20 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,14 Mb. | | #258205 |
Bog'liq fazliddinnnnnnnnnTransportlardagi Avariyalarning Oldini Olishga Qaratilgan Choralar
Chorraha turlari
Chorraha yo`llarning o`zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi bo`lib, bu yerda harakatlanish tartibga solingan yoki tartibga solinmagan bo`lishi mumkin.
Yondosh xududlarning asosiy yo`lga qo`shilgan joylari chorrha hisob- lanmaydi.
Chapga yoki o`ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo`lning qatnov qismidan o`tayotgan piyodalarga, shuningdek, velosiped yo`lkasidan yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchilarga yo`l berishi kerak (7.1-rasm).
7.1-rasm.
Trayektoriya o`zgartirayotgan haydovchi trayektoriya o`zgartirmayotgan transport vositalari va piyodalarga yo`l beradi. Qarama-qarshi yo`nalishda bir vaqtda trayektoriya o`zgartiriladigan bo`lsa, o`ng tarafdagi transport vositasi imtiyozga ega (7.2-rasm).
7.2-rasm.
Tirbandlik tufayli to`xtashga majbur bo`lgan haydovchi, agar u ko`ndalang yo`nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to`sqinlik tug`diradigan bo`lsa, uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi (7.3-rasm).
7.3-rasm.
Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo`lmagan chorrahalarda haydovchilar tartibga solinmaydigan chorrahalardan o`tish qoidalariga, chorrahada o`rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.
Tartibga solingan chorrahalar.
Chorrahadagi harakatlanish navbatini svetofor yoki tartibga soluvchi belgilaydigan bo`lsa, bunday chorraha tartibga solingan chorraha hisoblanadi.
S vetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan
relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to`g`riga harakatlanayotgan va o`ngga burilayotgan transport vositalariga yo`l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham o`zaro ushbu qoidaga amal qilishlari kerak (7.4-rasm).
S vetoforning qizil yoki sariq, ishorasi bilan bir vaqtda yongan ko`shimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yo`naltirgich yo`nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo`nalishlardagi transport vositalariga yo`l berishi kerak (7.5-7.6-rasmlar). 7.5-rasm.
|
| |