• Mato bezaklar
  • O`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va ma`ruza matnining rejalari asosida oldindan tayyorlab qo`yilgan tarqatma materiallar bilan ta`minlanadi




    Download 55,76 Kb.
    bet9/14
    Sana29.01.2024
    Hajmi55,76 Kb.
    #148208
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Kurs ishi mavzu «6-sinf o’quvchilariga “Furnituralar haqida umu-fayllar.org

    O`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va ma`ruza matnining rejalari asosida oldindan tayyorlab qo`yilgan tarqatma materiallar bilan ta`minlanadi.

    Kiyim furniturasi va bezak materiallari


    Bezak kompozitsiyaning mustaqil elementi emas – bu qo`shimcha, ziynat bo`lib, kiyimda yo`q bo`lishi ham mumkin.
    Kostyum tarixining har qaysi bosqichida o`z bezak turlari va ularni ishlatish usullari bo`lgan. Kostyumni yaratish tajribasida ishlatiladigan bezak turlari xilma-hil bo`lib, ular kompozitsiyadagi asosiy g`oya bo`lishi yoki kostyumlardagi mo`ljallangan badiiy – obrazli niyatni kuchaytiradigan va boyitadigan bo`lishi mumkin. Bezak yordamida kostyum shaklini yoki uning bir qismini bo`rttirib ko`rsatish mumkin, shakllarni bo`laklarga ajratib ham ko`rsatish mumkin. Bezakni dekorativ va konstruktiv ahamiyati bo`lishi mumkin (drapirovka, bo`rtma, mayda taxlama, gofre, plisse va h.k), dekorativ-utilitar ahamiyati (belbog`lar, cho`ntaklar, tugmalar, furnitura va shu kabilar) va faqat dekorativ ahamiyati (kashta, qo`yma burmalar, boshqa material bilan bezash va b.) bo`lishi mumkin.
    Hozirgi son-sanoqsiz bezaklarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
    - barcha turdagi bo`rttirma choklar, taxlamalar, bo`rtma burmalar, drapirovkalar, plisse, gofre;
    - asosiy yoki bezak materiallardan yasalgan detallar: qo`yma burmalar, mag`izlar
    - maxsus bezak materiallari: to`r, tasma, popuk, munchoq, steklyarus, lentalar va boshqalar.
    - furnitura (tugmalar, to`qalar, pistonlar va boshqalar .);
    - kashta, qoplama bezak va boshqalar .
    - bezak materiallar: mo`yna, charm, zamsha va boshqalar ;
    1. - kostyum detallariga bosma naqsh solib bezash;


    va boshqalar .


    Bezak turini, uning joyini tanlash kostyum turi va nimaga mo`ljallanganiga, uning shakliga, materialning fakturasiga, jins-yoshiga, odamning gavda turiga, odamning gavda tuzilishiga va xarakteriga, modaga, faslga va boshqalarga bog`liq.
    Modaning har bir davriga o`ziga xos bezaklar mansub. Vaqt- vaqti bilan bezaklar qayta qo`lllanadi. Bezaklar doimiy (kashta, tugma, piston, munchoqlar, kant va b.) va olib qo`yiladigan (yoqa, belbog`, sun`iy gullar va boshqalar ) bo`lishi mumkin.
    Mato bezaklar:
    Mato bezak sifatida barcha kiyim turlarida vaqtlar aro keng qo`llangan. Bezak sifatida materialni qo`llanishida asosiy gazlama bilan bog`lanish uch edagogi`lishi mumkin:
    - asosiy va astar gazlamasi bir fakturali va har xil rangli;
    - har xil fakturali gazlamalar, rangi esa bir xil;
    - har xil fakturali va rangli gazlamalar.

    Download 55,76 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 55,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va ma`ruza matnining rejalari asosida oldindan tayyorlab qo`yilgan tarqatma materiallar bilan ta`minlanadi

    Download 55,76 Kb.