|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIBog'liq konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb2.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYASINING
ASOSIY MUNDARIJASI
Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni bo‘lib, konstitutsiyaviy
tuzum, davlat va jamiyat qurilishi asoslarini belgilab beradi; qonun chiqa-
ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari tashkillashtirilishini tar-
tibga solib turadi; saylov tizimini belgilaydi; fuqarolarning huquq va
erkinliklarini, davlat ramzlarini mustahkamlab qo‘yadi; Konstitutsiyaga
o‘zgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi.
Konstitutsiya xususiy mulk va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi
ijtimoiy-siyosiy tizim poydevorini qurib berdi. Xususiy mulk mulkchilik-
ning boshqa shakllari qatorida davlat muhofazasi ostidadir.
Konstitutsiyada mafkuraviy xilma-xillik, ko‘ppartiyaviylik, ya’ni bi-
ror muhim muammoni hal etish bo‘yicha fikrlar xilma-xilligi ko‘zda tuti-
ladigan
siyosiy plyuralizm mustahkamlab qo‘yilgan.
Konstitutsiya davlatni emas, balki insonni birinchi o‘ringa qo‘ydi.
Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyatlar deb e’lon qilindi.
Konstitutsiya, shuningdek, fuqaro va davlatni o‘zaro huquqlar va
burch lar bilan bog‘lovchi prinsipni ham mustahkamlab qo‘ydi.
3.
MUQADDIMA: MAQSAD VA VAZIFALARI
Konstitutsiyaning kirish qismi
Muqaddima (preambula; kirish)dir.
Unda O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lining maqsadlari, vazifalari va prinsip-
lari qisqacha shaklda sanab o‘tiladi.
Muqaddimaning muhimligi shundaki, Konstitutsiya matnida bayon
etilgan barcha qoidalar unda e’lon qilingan quyidagi asoslar va prinsip-
larga mos kelishi kerak, jumladan:
–
inson huquqlariga rioya qilish;
–
davlatchilik negizi – suverenitet;
–
mamlakatni milliy davlatchilik tarixiy tajribalariga tayanib rivojlan-
tirish;
–
demokratiya va ijtimoiy adolat ideallarini tan olish;
–
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini tan olish;
–
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish;
–
fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash.
http://eduportal.uz
|
| |