|
G. M. Tansikbayeva, V. ABog'liq konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzbMUNDARIJASI VA TAVSIFI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
–
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi qanday kechgani
va uning qabul qilinishini;
–
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xususiyatlari nimalar-
dan iborat ekanligini bilib olasiz.
1.
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi
.
2.
Muqaddima: maqsad va vazifalari.
3.
Konstitutsiyada e’lon qilingan umuminsoniy qadriyatlar.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligi.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi
.
1.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING
QABUL QILINISHI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi
1990-yil 20-iyun-
dan boshlab olim, jamoat namoyandalari va davlat boshqaruv organlari
mutaxassislari tomonidan puxta ishlab chiqildi. Konstitutsiya loyihasi-
ning umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Umumxalq muhoka-
masi jarayonida kelib tushgan 6 000 taklif asosida loyihaga 80 dan ortiq
tuzatishlar kiritildi.
Keng umumxalq muhokamasi davomida bildirilgan ko‘p takliflar
inobatga olingan holda komissiya tomonidan tayyorlangan Konstitutsiya
loyihasi Oliy Kengash muhokamasiga qo‘yildi.
1992-yil 8-dekabrda
Oliy Kengashning
XI sessiyasida bu loyiha ma’qullandi va O‘zbekiston
Respublikasining hozir amal qilayotgan Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi shu tarzda amalga
kiritildi –
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qa-
bul qilingan kun,
umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
http://eduportal.uz
|
| |