23
palatali parlamentini saylash to‘g‘risidagi masala hal etildi. Referendumda
ishtirok etgan fuqarolarning ko‘pchiligi mazkur masalaga ijobiy javob
berdilar. Shu tarzda O‘zbekiston Respublikasida
ikki palatali parlament
vujudga kelgan.
4.
KONSTITUTSIYAVIY TUZUM PRINSIPLARI
Demokratik davlatning eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri
hokimiyatning bo‘linishi prinsipidir (O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi, 11-modda).
Ushbu prinsipga muvofiq davlat hokimiyati qonunchilik, ijro etuvchi
va sud hokimiyat organlariga bo‘linadi.
Bu shuning uchun kerakki, bunda har qaysi hokimiyat tarmog‘i ho-
kimiyat vakolatlari doirasidan chetga chiqish va uni suiiste’mol
qilish
imkoniyatiga yo‘l qo‘ymagan holda boshqasini tiyib turishi zarurdir.
Hokimiyatlardan birontasi boshqasining faoliyatiga aralashmasligi kerak.
Bu prinsipning amaldagi ifodasi qandaydir bir guruh yoki alohida shaxs
tomonidan hokimiyat egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgandir.
Faqat qonunga bo‘ysunishlari shart bo‘lgan sudlov organlari faoliyatiga
aralashish alohida xavf-xatar tug‘diradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimi-
yatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi
prinsipiga asoslanadi.