|
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 7-moddaBog'liq konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzbO‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 7-modda.
«Xalq hokimiyatchiligi» atamasi yunon tilidagi «demokratiya» (demos –
xalq, kratos
– hokimiyat) so‘zining aynan tarjimasidir. Bu tushuncha ilk marota-
ba Qadimgi Yunonistonda vujudga kelib, butun jahonga keng tarqaldi.
Demokratiya – bu:
–
saylab qo‘yiladigan hokimiyat organlarida ishtirok etish;
–
fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishi;
–
hammaning va har kimning qonun oldida tengligi;
–
jamiyat va inson xavfsizligi;
–
fuqarolar huquq va erkinliklarining to‘la-to‘kisligi;
–
inson farovonligi va manfaatlari xususida davlat g‘amxo‘rligi;
–
inson huquq va erkinliklari muhofazasining kafolatlangan mexaniz-
mi mavjudligi.
O‘z tarixi davomida insoniyat demokratiyaning ikki shaklini yaratgan:
–
bevosita, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri demokratiya.
Bunda xalq davlat ish-
larini vakillarsiz o‘zi hal qiladi (saylov, referendum, fuqarolar murojaati, qo-
nunlar loyihalari muhokamasi va boshqalar orqali);
–
bilvosita, ya’ni vakillik demokratiyasi.
Unda xalq suveren huquqla-
ridan foydalanib, o‘zlari saylab qo‘ygan vakillari (deputatlar va senator-
lar) orqali davlat ishlarini amalga oshiradi.
Asosiy qonun belgilaydi
http://eduportal.uz
22
Bevosita demokratiya
Bilvosita demokratiya
XALQ HOKIMIYATCHILIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ
HOKIMIYATCHILIGI SHAKLLARI
Referendum
Saylov
Qonun loyihalari muhokamasi
Davlat organlariga shikoyat va
arizalar bilan yakka tartibda va jamoa
bo‘lib murojaat qilish
Fuqarolarning davlat
|
| |