Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi




Download 45,78 Kb.
bet1/2
Sana13.02.2024
Hajmi45,78 Kb.
#156097
  1   2
Bog'liq
Mustqillik yillarida Qoraqalpag\'iston Respublikasi



Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi
Asosiy savollar
1. Qoraqalpog’iston respublikasi mustaqillik arafasida.
2. O’zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog’iston davlatchiligi taraqqiyoti
3. Mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti.
4. Xalq ta’limi fan va madaniyat.
Tayanch iboralar: Amudaryo viloyati, Orol fojeasi, Jo'qarg'i Kenges, suveren Qoraqalpog'iston, Konstitutsiya, Davlat tamg'asi.
1. Qoraqalpog’iston respublikasi mustaqillik arafasida. XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1924-yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo'jayli hamda Qo'ng'irot tumanlari hududida Qozog'iston ASSR tarkibida Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog'iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi. Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o'z taqdirlarini O'zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o'z tanlagan yo'lining istiqbolli ekanligini ko'rsata oldi.
SSSR tarqalib ketganidan so'ng mustaqil O'zbekiston tarkibi-dagi suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabi-iy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o'zbek xalqi o'rtasida do'stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo'yi kengliklarida qadimiy o'zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O'zlarining mushtarak taraqqiyot yo'llarini bosib o'tishdi. Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqi-qiy og'a-inichilik fazilatlarini ko'rsatdilar, o'zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma'naviy-ruhiy yaqinligini belgi-laydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o'zaro yaqinligi edi.
Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh bo'lgan har ikki mil-lat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan an'analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi. O'zbekiston tarkibida o'tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o'zgarishlar davri bo'ldi. Madaniy va ma'naviy ravnaq, san'at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo'jaligi va sanoat ish-lab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o'zbek xalqining beg'araz yordami, og'alarcha ko'magi bilan dunyoga keldi. Qardoshlik va yaqin qo'shnichilik singari yuksak insoniy fa-zilatlar asrlar sinovidan o'tib, og'ir kunlarda eng ishonchli qurol bo'lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi ma'muriy buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug' og'a»larga xos soxta va yuzaki «millatparvarlib» bu makon xalqlarining muno-sabatlariga rahna sololmadi. Qoraqalpoq va o'zbek xalqi bir necha o'n yilliklar mobaynida to'planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy mu-nosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o'z an'analaridan unum-li foydalanish yo'lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib tur-ganligini ochiq-oydin ko'rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyo siy o'zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do'stlik va.qardoshlik munosabatlari bunga asos bo'ldi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar, balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug' og'a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti, itti-foqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham Qoraqalpog'istondan bo'lmagan, uning xalqi hayoti bilan tanishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.
2. O’zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog’iston davlatchiligi taraqqiyoti Qoraqalpog'iston jamoatchiligining O'zbekiston tarkibida dav-lat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bo'lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qo'llab quvvatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashi o'zining IV sessiyasida «O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat suve reniteti to'g'risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklara-tsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Qonunda o'zining huquqiy maqomiga ega bo'ldi. Unda Qoraqalpog'istonning hududiy yaxlit-ligi va mustaqilligi to'la e'tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikkito-monlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlanishi ko'rsatib berildi. Har ikki respublika o'rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsi-yasida (70-75 moddalar) o'z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o'z taqdirini o'zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat'iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo'ldi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek (70-modda) Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi. Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O'zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o'z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo'ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlari-ga ega. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-dekabrda bo'lib o'tgan XI sessiyasida Qoraqalpog'iston Davlat bayrog'i, 1993-yil 9-aprelda bo'lib o'tgan XII sessiyasida Davlat tamg'asi, 1993-yil 4-dekabrda bo'lib o'tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 86 deputatdan ibo-rat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Ayni paytda parla ment Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi deb ataladi. Jo'qarg'i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda, Nukus shahrida bo'lib o'tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo'qarg'i Kenges Ra isi, uning o'rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8-qo'mita raislari va uning a'zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo'mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishdagi rasmiyatchilik va to'rachilik illatlariga barham berish alohida ta'kidlandi. Jo'qarg'i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o'tmish sarqiti hisoblan-gan sho'rolar davridagi «O1iy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko'rsatib o'tildi. Jo'qarg'i Kenges qo'mitalari faoliyati o'z maqomiga va o'z ol-diga qo'ygan vazifalarga mos kelmaydi. Jumladan, ular muhokama qilayotgan masalalarning aksariyati ishlab chiqarishga doir muam-molardir. Aksincha, qonunchilik bilan shug'ullanish, har bir qo'mita o'z sohasi bo'yicha qonunlar tizimini yaratish lozim. Qonunchilik hokimiyati - Jo'qarg'i Kenges o'z vazifasi, Ijro hokimiyati - Ministrlar kengashi va sud hokimiyatlari o'z maqomi doirasida ish olib bormog'i lozim. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi. 1991-2008-yillar, aytish mumkinki, Qoraqalpog'iston davlat-chiligi shakllanish davri bo'ldi. Ayni paytda bu o'lkada hozirgi zamon davlatchiligi ilg'or tajribalari asosida, O'zbekiston davlatining ko'magi va yordami bilan amaldagi konstitutsiyalar doirasida har to-monlama rivojlanmoqda. Fuqarolik jamiyati tamoyillari tobora chuqurlashmoqda.
3. Mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti. O'zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amal-ga oshirishda ko'p millatli Qoraqalpog'iston xalqining, ana shu mo'tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor. Shu bois mamlakat hukumati bu masalada Qoraqalpog'iston Respublikasini har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqdaki, 1996-yili ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so'm mablag' ajratildi. Bu Qoraqalpog'iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qilardi. Bundan tashqari, Qoraqalpog'istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdo-ri 1994-yilga nisbatan 18 barobar ko'paydi. 2006-yilga kelib O'zbekiston markaziy budjetidan Qoraqalpog'istonga berilayotgan subvensiya, ya'ni moliyaviy yordam miqdo-ri yana ham ko'paydi yoki butun Qoraqalpog'iston budjeti xarajatla rining 75 foizini tashkil etmoqda. O'zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoyi mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog'istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo'lida mehnat qilishga sharoit yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo'la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bordi. 2006-yilga kelib sanoat, qishloq xo'jaligi va savdoda bu ko'rsatkich 90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo'nalishlarida ham modernizatsiyalash jarayoni tobora chuqurlashmoqda. Qoraqalpog'istonda 1996-yili 51 ta ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13 ta ulgurji savdo do'konlari va omborlar, 17 ta ko'tara savdo bozor hamda O'zbekiston tovar xomashyo birja-si Qoraqalpog'iston bo'limi 19 ta supermarket do'konlari faoliyat ko'rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bo'lgan ma'lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag'laming umumiy hajmi 330 million so'mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat mulkini xususiy-lashtirish qo'mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so'm kredit ajratdi. Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996-yilda respublika fond birjalari filiallarida 191,6 million so'mlik aksi-yalar sotildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxo-nalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o'z samaralarini bera boshladi. Qoraqalpog'istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qa-torida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosa-batlariga o'tish ro'y berdi. Qishloq xo'jaligi ilgarigidek, respublika iqtisodiy otining yetakchi tarmog'i bo'lib qoldi. 1997-yil 1-yanvar holatiga ko'ra respublikada 263 ta qishloq xo'jalik korxonasi faoliyat ko'rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarning hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sab zavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bog'dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go'sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorako'l teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi. Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o'zgardi. Agar 1991-yilda g'alla maydonlari ekin maydonlarining 27,1 foizini (jumladan, bug'doy 1,9) tashkil etgan bo'lsa, 1996-yilning oxirida bu 35,8 foizga у etdi (bug'doy maydonlari 8,3 foiz). Shu davr mobay-nida bug'doy yetishtirish 13,6 ming tonna, ya'ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot 11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 martaga ko'paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo'jaliklarning hissasi tobora ko'paydi. Tashqi savdo oborotida importning salmog'i 1996-yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Uning hajmi 1995-yildagiga nisbatan 3,4 marta ko'paydi. Import mahsulotlari tarkibida asosan xalq iste'mol mollari 60,9 foiz, qora va rangli metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizni tashkil etdi. Uzoq g'arb mamlakatlaridan keltirilgan mahsulotlar 70,1 million AQSH dollariga teng bo'lib, bu jami importning 66,4 foizini tashkil qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan respublikaning 130 - 88 - korxonalari orqali 35,4 million dollarlik mahsulotlar olib kelindi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug'doy, mashina va jihozlar, agre-gatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsulotlar keltirildi. Xususan, 2006-yilda Qoraqalpog'istonning yalpi hududiy mahsuloti avvalgi yildagiga nisbatan 106,3 foiz o'sdi. Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlani-shiga e'tibor kuchaydi. 1991-1996 yillarda Qoraqalpog'iston Res-publikasida ma'lum demografik o'zgarishlar ro'y berdi. Tug'ilish (ming kishi hisobida) 1991-yildagi 36,4 dan 1996-yilda 25,0 kishiga qisqardi. Tug'ilishning kamayishi o'z o'rnida respublika aholisining o'sish darajasiga ta'sir etdi. Jumladan, O'zbekistonning viloyatlar ichida aholi o'sishi eng past bo'lgan Toshkent viloyati (23,4) pasa-yib ketdi (18,6). Demografik o'zgarishning asosiy sabablaridan biri tug'ilishning kamayishiga, aholining ijtimoiy iqtisodiy va ekologik yashash sharoitlariga bog'liqdir. 1991-1996-yillarda respublikadan (kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi ko'chib ketgan. 1997-yil 1-yanvar holati bo'yicha respublika aholisi 143 ming 764 kishini, shundan shahar aholisi 694,1 ming kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996-yilda aholining o'rtacha yillik o'sishi 1,36 foizga teng bo'ldi. Ishsizlar soni har yili o'zgarib turibdi, 1996-yil oxirida ular 4,2 ming kishiga yetdi. 1996-yilda 16 ming ishchi o'rinlari yaratildi, jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. Bu esa shahar va tuman mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash imkonini berdi. 1996-yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 so'mni, xarajatlar esa 6300 so'mni tashkil etdi yoki 1995-yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta ko'paydi. Daromadlarning ko'payishi iste'mol bozoridagi vaziyatni jon-lantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi hajmi amaldagi narxlar-da 5 ming 36 so'mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga, solishtirma narxlarda esa 8,8 foizga o'sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga ko'payib jon boshiga 679 va 108 so'mni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi jon boshiga xizmat ko'rsatish hajmi O'zbekiston Respublikasi ko'rsatkichidan 2,2 marta kam bo'ldi. 1996-yilda aholiga 7,2 milliard so'mlik iste'mol mollari so-tilgan. Bu amaldagi narxlarda 1995 yildagiga nisbatan 2,1 marta ko'p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga yoki 350,5 million so'mlikka ko'paydi. Tovar oborot hajmida davlat sekto-rining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki o'sib bordi. Rasmiy savdo tarmoqlariga nisbatan iste'mol va buyum bozorlarida holat ancha yaxshilandi, jami tovar oborotida ularning ulushi 20 foizga yetdi. Ishchi va xizmatchilarning o'rtacha ish haqi izchil o'sib bordi. 1996-yilda u 1409 so'mdan 2761,1 so'mga yetdi yoki 1,96 marta ko'paydi. Qoraqalpog'iston xalqi I. Karimovning BMT minbaridan tu-rib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig'ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994-yil (14-yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo'yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi. 1995-yil sentabrda I. Karimov tashabbusi bilan Nukusda o'tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea bo'ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan bin - Nu-kus Deklaratsiyasi boiib, unda butun dunyo jamoatchiligi e'tibori Orol muammosiga qaratildi. Aholini ish bilan ta'minlash, ularning foydali mehnat bilan shug'ullanishi borasida qator chora tadbirlar majmui amalga oshi-rildi. Natijada quyidagi yutuqlarga erishildi: 2002-yilda 22000 ta, 2003-yilda 21000 ta, 2004-yilda ham 21000 ta, 2005-yilda 23000 taga yaqin, 2006-yilda 22000 ta, jami 109000 ta ish joyi tashkil etildi. Shulardan 79000 taga yaqini qishloq joylarida faoliyat ko'rsatmoqda. Ishlab chiqarishning kasanachilik usuliga ham katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, ayni paytda o'lkada 650 ta xonadonda aholi kasanachilik bilan shug'ullanmoqda. Respublika aholisining o'rtacha oylik ish haqi 2002-yildagi 17,5 ming so'mdan 2006-yilga kelib 96 ming 300 so'mga yetdi. O'qituvchilar maoshi ham keskin oshdi. Bu sohada 2008-yil yakun-lariga ko'ra ko'rsatkich qariyb 2 baravarga yetdi. 4. Xalq ta’limi fan va madaniyat. Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali san'ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari, udum va an'analari olamga mashhurdir. - 89 - Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko'p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo'ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Ernazar Olako'z, Ollayor Do'stnazarov singari xalq qahramonlarining - jasoratli, o't yurakli Qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi. Milliy madaniyat va ma'naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy meroslarining to'la tiklanishiga, aziz xotiralarining ulug'lanishiga yo'l ochib berdi. Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To'lepbergen Qaipbergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi qoraqalpoq yozuvchi va shoirlari-ning asarlari xalqlarimiz ma'naviy xazinasidan munosib joy oldi. Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O'zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo'shdilar. Bugungi kunda respublika xalq ta'limi tizimi milliy uyg'onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol o'ynamoqda. Respublikada yangi tipdagi o'rta umumta'lim muassasalari -litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o'qitiladigan maktablar tez rivojlanmoqda. 1996-yil oxirida respublikada 743 ta umumta'lim maktabi faoliyat ko'rsatdi, shu jumladan, ayrim fanlarni chuqurlashtirilgan holda o'qitiladigan maktablar 1991-yilda 31 ta bo'lgan bo'lsa, 1996-yilda 169 taga yetdi, litsey va gimnaziyalar 19 taga yetdi. O'tgan yilning o'zida o'quvchilar soni 1743 nafarga ko'paydi. Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida traktorchi-mashinistlar tayyorlash chegaralanib, o'rniga turli mintaqalar uchun zarur bo'lgan kadrlar tayyorlashga e'tibor kuchaytirildi. Milliy hu narmandchilikni rivojlantirishga, gilam to'qish, keramik buyumlar tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi. Respublikadagi 22 ta o'rta maxsus o'quv yurtlarida, shu jumladan, kunduzgi bo'limda 11,8 ming o'quvchi ta'lim olmoqda. Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston Davlat Universiteti hamda Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu o'quv yurtlarining kunduzgi bo'limlarida 9 ming nafar talaba o'qimoqda. Universitetda qishloq xo'jaligi va tibbiyot ixtisosligi bo'yicha fakultetlar ham mavjud. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri qiyinchiliklariga qaramay respublika hukumati xalq ta'limi moddiy-texnika bazasini mustah-kamlash chora-tadbirlarini ko'rmoqda. Keyingi 6 yilda 42 ming 778 o'rinli maktab, 6 ming 660 o'rinli bog'cha, 6 ming 840 o'rinli kasb-hunar kollejlari binolari qurilib foydalanishga topshirildi. Birgina 1996-yilning o'zida esa 3126 o'rinli maktab qurib ishga tushirildi. 1991-1996-yillarda fan sohasida ham sezilarli o'zgarishlar bo'ldi. 1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiya-sining Qoraqalpoq filialiga Qoraqalpoq bo'limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo'lgan bo'lsa, yana ik-kita institut qo'shildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya hamda bio-ekologiya institutlari ham shu bo'lim tarkibiga kirdi. Botanika bog'i bo'linmasiga esa bo'lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Aka-demiyasi tarkibiga O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi. Fanlar Akademiyasida tashkil etilgan bunday tadbirlar olimlar-ga tabiiy va ijtimoiy fanlarni yanada rivojlantirish, xalq xo'jaligi va madaniyatni yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiri-tishga yordam berdi. Qoraqalpoq fanida erishilgan yutuqlar hamda to'rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli lug'ati»ni yaratishdagi xiz-matlari uchun fanlar akademiyasi bo'limining 4 nafar ilmiy xodimla-ri (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, A.To'raboyev, D.Qozoqboyev) 1996 yilda O'zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar. 1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq bo'limi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichi-lik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi. Nukusda SANIIRIning bo'limi faoliyat ko'rsatmoqda. Respublika oliy o'quv yurtlarida ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. - 90 - Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko'magida katta miqdor-dagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi. Respublikadagi 60 nafar fan doktorlari va 600 nafar fan nomzodlaridan deyarli 30 foizi O'zbekiston Mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar. Ilgari fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligiga saylangan Ch.A. Abdi-rov, S.K. Kamolov, A.B. Baxiyevlar qatoriga 1994-2000-yillarda T. Yeshanov, A. Dauletov, U.Hamidov va J. Bozorboyev ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (J. Izentayev va J. Qutti-muratov) O'zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akade-mikligiga saylandilar. Respublikada yuqori malakali kadrlar o'sishida ayniqsa, ijtimoiy fanlar sohasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komis-siyasi tomonidan tarix va arxeologiya, etnografiya, til va adabiyot bo'yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining himoya qi-luvchi ixtisoslashgan Kengashlarning tashkil etilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo'limi bioekologiya instituti xodim-lari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo'yi ekologiyasi muammolari bo'yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar. 1995 yilda Mo'ynoqda Germaniya Federativ Respublikasi yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stan-siyasi ochildi. Mustaqil O'zbekiston va Qoraqalpog'istonning dolzarb masa-lalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o'rin egallay-di. O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq yozuvchisi To'lepbergan Qa-ipbergenovlar qatoriga yangi nomlar kelib qo'shildi. Saginbay Ibro-himov, Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, O'zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir. Xalq ta'limi, fan, madaniyat ravnaqini ta'minlash Qoraqalpog'iston Respublikasi va uning xalqi uchun muhim vazifalar-dan hisoblanadi. 2007-yildagi ma'lumotlarga ko'ra, o'lkada 761 ta umumta'lim maktablari faoliyat ko'rsatmoqda. Eng zamonaviy o'quv qurollari bilan jihozlangan 76 ta kasb-hunar kollejlari, 7 ta akademik litsey yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan shug'ullanmoqda. San'at va madaniyatning boshqa sohalari rivojiga katta e'tibor bilan qaralmoqda. Ayni paytda Respublikada 3 ta teatr, 4 ta konsert muassasalari, 3 ta muzey faoliyat ko'rsatmoqda. Muzeylar ekspo-natlari yangidan yangi asarlar va jihozlar bilan boyib bormoqda. Ular soni 2002-yilda 78 mingta bo'lgan bo'lsa, 2006-yilga kelib 82 ming 600 tadan oshdi. Badiiy adabiyot milliy madaniyatining mu-him bo'g'ini sifatida rivojlanmoqda. 2002-2007-yillar mobaynida ikki atoqli qoraqalpoq adiblari -To'lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupovlarga milliy mada-niyatning rivojlanishidagi g'oyatda katta xizmatlari uchun davlati-mizning oliy mukofoti - «O`zbekiston qahramoni» unvoni berildi. Bir qator san'atkorlarga «O`zbekiston xalq artisti», «O`zbekiston xalq rassomi», «O`zbekiston san'at arbobi» unvonlari berildi. Ayni paytda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limi o'lkada fan taraqqiyotining asosiy tayanchi vazi-fasini bajarmoqda. 2002-yilda 3 ta oliy o'quv yurti ishlagan bo'lsa, 2007-yilga kelib ular soni yana ikkitaga ko'payib, jami 5 taga yetdi. Ularda zamonaviy kadrlar tayyorlash, o'quv-pedagogik ishlar bilan birga fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan keng miqyosli ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. 1993-yil yanvarda Toshkentda Qoraqalpog'iston madaniyati kunlari, noyabr oyida esa Qoraqalpog'istonda Toshkent madaniyati kunlari o'tkazildi. Bu tadbirlar Nukus va Toshkent madaniyat xodim-lari faoliyatini bir-birlariga yaqinlashtirdi. 1996-yilda Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli qoraqalpoq baleti (N.Muxammedinova musiqasi, T.Xodjayev asari) sahnalash-tirildi. 1996-yilda O'zbekiston Mustaqilligining 5 yilligi oldidan o'tkazilgan «O`zbekiston - Vatanim manim» qo'shiq-tanlovida yosh qo'shiqchi Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo'shig'i bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi o'rinni oldi. Shu yili yana Amir Temur rolining eng yaxshi ijrosi uchun konkursida Berdaq nomidagi drama teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashib, birinchi o'rinni oldi. Bu misollar Qoraqalpog'iston san'atkorlari Mustaqillik yillari-da erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat beradi. 1991-1996-yillarda Nukus shahrining 60 yilligi, To'rtko'l shah-rining 120 yilligi, Ajiniyoz Qosiboy o'g'lining 170 yilligi, Amir Temurning 660 yilligi keng nishonlandi. Bular o'zbek va qoraqalpoq xalqlari do'stligining ramziy belgilaridir. Bular O'zbekiston va Qoraqalpog'iston tarixidagi eng muhim voqealar, o'zbek va qoraqalpoq xalqlari o'rtasidagi do'stlik ramzidir. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimovning Nukus shahri 60 yilligi bayramida: «O`zbekiston taqdiri bu - Qoraqalpog'iston taqdiridir, o'zbek xalqining taqdiri bu - qoraqalpoq xalqining kelajagidir» de-gan otashnafas so'zlari qoraqalpoq xalqi xotirasida abadiy saqlanib qoladi. Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amaldagi suvereniteti, Mustaqilligi faqat O'zbekiston bilan birga bo'lgandagina ta'mirlanishi mumkin. Shuning uchun ham qoraqalpoq xalqi o'z taqdirini o'zbek xalqi va O'zbekiston bilan abadiy bog'lagan. O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyalari buning yorqin kafolatidir.

Download 45,78 Kb.
  1   2




Download 45,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi

Download 45,78 Kb.