19
Suverenitet – mamlakat ichkarisida hokimiyatning to‘liq ustunli-
gi hamda
tashqi siyosatda mustaqilligi, uning hududida davlat qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining to‘la-to‘kisligidir.
2.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI – MUSTAQIL
SUVEREN DAVLAT
Davlatni belgilovchi jihatlaridan biri uning davlat suvereniteti hisob-
lanadi. Davlat suverenitetining quyidagi asosiy prinsiplari mavjud:
–
davlat hududi hamda chegaralarining daxlsizligi va bo‘linmasligi;
–
mustaqil ichki va tashqi siyosat;
–
xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini e’tirof etish va hurmat qilish;
– davlat tili o‘zbek tili ekanligi;
–
o‘z taraqqiyot yo‘lini, davlat ramzlarini tanlashdagi mustaqillik va
hokazo.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston SSR
Oliy Kengashining navbat-
dan tashqari VII sessiyasida Respublikamiz mustaqil davlat deb e’lon
qilindi. Ushbu sessiyada