31
O‘rganilgan mavzular bo‘yicha
bilimlaringizni sinang
.
ORALIQ NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Qiynalganda qavs ichida ko‘rsatilgan darslik sahifalariga murojaat qiling.
1. Lotinchadan tarjima qilganda «konstitutsiya» quyidagi ma’noni anglatadi? (5-b.)
2. Konstitutsiya nimani belgilab beradi? (5-b.)
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy mundarijasini sanab bering. (6-b.)
4. Konstitutsiya konstitutsiyaviy huquqdan nimasi bilan farqlanadi?
5. Huquq nima? (7-b.)
6. Mamlakatda huquq-tartibot qay tariqa ta’minlanadi? (7-b.)
7. Huquqiy munosabatlarni mukammal tartibga solib turish
uchun Konstitutsiya qaysi
tarmoqlarga yo‘naltiriladi? (8-b.)
8. Konstitutsiyaviy huquq nega huquqning yetakchi tarmog‘i sanaladi? (8-b.)
9. Qaysi huquqiy normalar konstitutsiyaviy huquqning manbalari sirasiga kiradi? (9-b.)
10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy alomatlarini sanab bering. (10-b.)
11. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? (12-b.)
12. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddimasining asosiy maqsadini ayting.
(13–14-b.)
13. Davlatning ichki va tashqi munosabatlarda boshqa davlatlardan
mustaqilligi qanday
ataladi? (18-b.)
14. Davlat suvereniteti alomatlarini sanab bering. (19-b.)
15. «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan?
(20-b.)
16. «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan?
(20-b.)
17.
«O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi
Qonun qachon qabul
qilingan? (20-b.)
18. Referendum nima? (22-b.)
19. O‘zbekiston Respublikasi o‘ta muhim konstitutsiyaviy prinsiplarini sanab bering. (23-b.)
20. O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tizimi qaysi prinsipga asoslangan?
(23-b.)
21. O‘zbekiston xalqi nomidan kim ish yuritishi mumkin? (22-bet.)
22. Xalqaro huquq subyekti bo‘lish nimani anglatadi? (27-b.)
23. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar o‘z harakatlarida
rioya qilish majburiyatini
olgan prinsiplarni sanab bering. (28-bet.)
24. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati asosiy tamoyillarini sanab bering. (29-b.)
25. O‘zbekiston Respublikasida Qurolli Kuchlar qanday maqsadlarda
tuzilgan va mus tah-
kamlanmoqda? (30-bet).
26. O‘zbekiston Respublikasi qaysi xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etmoqda? (28-b.)
27. O‘zbekiston mustaqilligini hozirgi vaqtda qancha mamlakat e’tirof etgan? (29-b.)
http://eduportal.uz