42
so‘zlashuvlar, telegraf vositasidagi va boshqa turli xil bildirishlar, tibbi-
yot tavsifidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar tushuniladi.
Shaxs qadr-qimmati huquqi davlat inson uchun uning qadr-qimmatini
va or-nomusini kamsitmaydigan sharoitlar yaratib berishini taqozo etadi.
Hech kim qiynoqlarga solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki qadr-qim-
matni tahqirlovchi muomalaga duchor etilmasligi shart.
4.
TURAR JOY DAXLSIZLIGI HUQUQI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (27-modda) ko‘z-
da tutilganidek, davlat organlari ushbu
huquqlarga aralashishi mum-
kin emas. Ammo davlat, jamiyat хavfsizligi, jamoatchilik tartibi, aholi
sog‘ligini saqlash yoki boshqa shaхslarning huquqlari hamda erkinlikla-
ri nuqtayi nazaridan qonunda bеlgilangan holatlar bundan mustasnodir.
Fuqaro tomonidan qonuniy asosda doimiy yoki vaqtinchalik ya-
shash joyi tariqasida egallab turilgan har qanday bino turar joy jumla-
siga kiradi.
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan
va tartibdan tashqari
birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan ke-
chirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar
sirini oshkor qilishi
mumkin emas.