37
Sizningcha, o‘zimizni erkin va mustaqil inson deb his etishimiz uchun biz
qanday huquq va erkinliklarga ega bo‘lishimiz kerak
?
Har qanday davlat aholisi nafaqat ana shu davlat fuqarolaridan, qola-
versa, u yoki bu sabablarga ko‘ra unda vaqtincha yashab turgan yoki doi-
miy yashayotgan kishilardan ham iborat bo‘ladi.
Xorijiy fuqarolar yoki
o‘zining xorijiy davlatga mansub ekanligini isbotlay olmagan fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar
(apatridlar) ana shular jumlasiga kiritiladi.
Garchi
bu shaxslar fuqarolikka ega bo‘lmasa-da, ular ham xalqaro va milliy huj-
jatlarda mustahkamlab qo‘yilgan barcha huquqlardan foydalanadilar.
O‘zbekistonning Asosiy qonuni barcha fuqarolarning bir xildagi
huquqlari va erkinliklarini, qonun oldida ularning tengligini mustahkam-
lab qo‘ygan. Bu huquqlar Konstitutsiyada daxlsiz, ya’ni hech kim mah-
rum etishga haqli bo‘lmagan huquqlar sifatida ta’riflangan.
Bir kishining huquqlari boshqa bir kishining huquqlari boshlanadigan nuq-
tada cheklanadi, degan ta’kidga qo‘shilasizmi? O‘z fikringizni asoslash borasi-
da daliliy misollar keltiring
.
Pantomima (so‘zsiz xatti-harakat) orqali inson huquqlarining buzilishini
tasvirlab bering va bunda aynan qanday huquqlar buzilganini sinfdagilar aytib
berishini so‘rang
.