40
Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga
suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 24-modda.
Davlat va jamiyatning asosiy burchi – ana shu huquqni qo‘l ostida-
gi barcha vositalar bilan kafolatlashdir. Bu huquqni ro‘yobga
chiqarish
davlat va jamiyat demokratik rivojlanishining muhim sharti – sog‘lom
yashash huquqi, normal hayot sharoiti va hokazolar bilan chambarchas
bog‘liq. Davlat uni quyidagi majburiyatlarni bajarishda kafolatlaydi:
atrof-muhitni muhofaza qilish;
qurol-yarog‘ga ega bo‘lish va uni qo‘llashning alohida
tartibini belgilash;
xalqaro mojarolarni hal qilish vositasi sifatida urush-
dan va unda qatnashishdan voz kechish;
ochiq va malakali tibbiy
yordam olish imkonini
yaratish.
Asosiy qonun belgilaydi
Davlatning
yashas
h
huquqini
ta’minlash
-
ga
kafolatlari
:
http://eduportal.uz
41
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Res-
publikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi 2005-yil
1-avgustdagi Farmoniga muvofiq va
insonning jahon hamjamiyati
tomonidan tan olingan yashash huquqi prinsiplari,
normalari ham-
da O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib
chiqqan holda, shuningdek, jinoiy javobgarlikni liberallashtirish bo‘yi-
cha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
«2008-yil 1-yan-
vardan O‘zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida o‘lim jazosi
bekor qilinsin va uning o‘rniga umrbod qamoq yoki uzoq muddatga
ozodlikdan mahrum etish jazosi kiritilsin», – deb belgilab qo‘yilgan.