51
Har
bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat
sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan hi-
moyalanish huquqiga egadir.
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda
ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37-modda.
Sizga ma’lummi, ya’ni...
Ishga
kirayotgan odamdan, avvalo, yoshi haqida so‘raladi, chun-
ki O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq korxo-
na ma’muriyati voyaga yetmaganlarni faqat 16 yoshdan boshlab ishga
qabul qilishga haqlidir. Mehnatga tayyorlash maqsadida (O‘zbekiston
Respublikasining
Mehnat kodeksi, 77-modda) o‘quvchilar 15 yoshdan
boshlab, o‘qishdan bo‘sh vaqtda ishga qabul qilinishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar faqat ota-onalarining yozma roziligi bilan ishga
joylashishlari mumkin, chunki ota-onalar mehnat sharoitini bilishlari va
bu haqda kelishishlari shart. Shuningdek, o‘smir salomatligi to‘g‘risidagi
tibbiyot ma’lumotnomasi ham majburiydir.
Voyaga yetmaganlar uchun shunday taqiqlangan kasblar ham mavjud-
ki, ular sog‘liq uchun zararli bo‘lgan mehnat sharoitiga ega. Masalan,
gazpayvandchi, shaxtyor, temirchi singari kasb lar.
O‘quvchilar salomatligiga
ziyon yetkazmaydigan, ta’lim jarayonini
buzmaydigan yengil ishlarga jalb etilishi mumkin. Shuningdek,
voyaga
yetmaganlarni tungi, qo‘shimcha ishlarga va dam olish kunlaridagi ish-
larga jalb etish ham taqiqlanadi.