61
10-§.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– fuqarolik nima va u inson uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini;
– fuqarolikka qabul qilish asoslari va uni to‘xtatish
shartlarini bilib
olasiz.
1.
Insonga fuqarolik nima uchun kerak?
2.
Fuqaro va davlat.
3.
Biometrik pasport. O‘zbekiston fuqarosining huquqiy maqomi.
1.
INSONGA FUQAROLIK NIMA UCHUN KERAK
?
Fuqarolik nimaligini bilasizmi? U yoki bu mamlakat fuqarosi bo‘lish
inson uchun nimani anglatishi xususida o‘ylab ko‘rganmisiz?
O‘z mamlakatini tark etish va xorijda yashash uchun ko‘chib ketishni
orzu qiluvchi bolalar uchrab turadi.
Guruhlarga bo‘lingan holda o‘zga mamlakatda yashashga «rozi» va
«qarshi» bo‘lgan beshta asosiy sabablarni shakllantiring. Ularning har
biri o‘zi haq ekanligini izohlasin.
Fuqarolik
– bu insonning aniq bir davlat bilan huquqiy va siyo-
siy aloqalaridir. Davlat o‘z qonunlarida insonning huquqiy maqomini,
ya’ni insonning davlatga, uning organlariga va boshqa shaxslarga nis-
batan maqomini belgilaydi.
Fuqaro hisoblangan shaxs o‘z
davlati hududida ham, xuddi shu-
ningdek, undan tashqarida ham davlat muhofazasida va shafeligida bo‘la-
di hamda fuqaroga nisbatan mustahkamlab qo‘yilgan barcha huquqlardan
to‘laligicha foydalanadi. O‘z navbatida, fuqarolar o‘z davlati qonunlari-
ga rioya etishlari, o‘z fuqarolik burchlari va majburiyatlarini bajarishlari
shart.
Fuqaro nafaqat saylab qo‘yiladigan organlarga o‘z
vakillarini sayla-
shi, qolaversa, o‘zi ham ana shu organlarga saylanishi mumkin. Fuqaroligi
bo‘lmagan shaxs bunday huquqqa ega bo‘lmaydi.