64
2019-yil 1-yanvardan boshlab, stikerlar, ya’ni chet elga chiqish
uchun «chiqish vizasi» berilishi to‘xtatildi va 10 yilga beriladigan yangi
biometrik xorijiy pasportlar olinadigan bo‘ldi. Chet el pasportlari xalqaro
standartlarga mos keladi. 15 dan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ota-ona-
lari, vasiylari (boquvchilari) voyaga yetmagan o‘spirinning mustaqil chet-
ga chiqishiga oid notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda xorijga
kattalarning hamrohligisiz chiqishlari mumkin.
Pasport bеlgilangan namunada bеriladi hamda o‘zbеk va ingliz tilla-
rida, Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi uchun qoraqalpoq, o‘zbеk va ingliz
tillarida pеrsonallashtiriladi, ya’ni to‘ldiriladi.
1.
Agar sizga o‘z mamlakatingiz fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi ma-
salani hal etishni ixtiyoringizga berishsa, kimlarga rad javobini bergan bo‘lar-
dingiz va nima uchun?
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik
o‘rnatiladi.