75
Buni hayotning o‘zi tasdiqlaydi. Jamiyatda yashab, o‘ziga o‘xshagan-
lar bilan muomala qilar ekan, inson mutlaq erkin bo‘la olmaydi, atrofdagi
odamlarni inobatga olmasligining iloji ham yo‘q.
Bu prinsip har bir fuqaroga taalluqlidir hamda mamlakat
Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan majburiyatlardan
bo‘yin tovlashga hech kim haqli emasligini anglatadi.
Ayni mahalda Konstitutsiyada o‘z huquq va erkinliklarini amalga
oshi rishda fuqarolar boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va
qadr-qimmatini hurmat qilishlari lozimligi alohida ta’kidlanadi (48-mod-
da). Konstitutsiyaviy burchlar va qonunlar fuqarolar tomonidan bajarilma-
gan hollarda ma’muriy, fuqaroviy yoki jinoiy javobgarlik kuchga kiradi.
Tasavvur qiling, sizning sinfingiz – uncha katta bo‘lmagan jamiyat.
Sizningcha, agar uning fuqarolari barcha huquq va erkinliklarga ega bo‘lish-
sa-yu, ammo ularning biron-bir burchi bo‘lmasa, nima ro‘y beradi
?