|
G. M. Tansikbayeva, V. ABog'liq konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzbFuqarolarning
burchlari
:
qonun oldida hamma tengdir;
huquqlar burchlarsiz bo‘lmaydi;
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish;
boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qim-
matini hurmat qilish;
tarixiy va madaniyat yodgorliklarini avaylab asrash;
qonun bilan belgilangan soliqlarni to‘lash;
harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash;
atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, avaylab
asrash.
3.
KONSTITUTSIYAVIY MAJBURIYATLARGA RIOYA
ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
Kodeksiga muvofiq, qonunbuzarlik sodir etilgan kunga qadar 16 yoshga
to‘lgan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim.
13 yoshdan o‘smirlar aybni og‘irlash tiruvchi vaziyatlarda qasddan
odam o‘ldirganlik, 14 yoshdan esa qasddan odam o‘ldirish, qasddan o‘ta
og‘ir yoki yengil tan jarohati yetkazganlik, qiynash, nomusga tegish,
odam o‘g‘irlash, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘rilik, transport vositalarini
haydab qochish va boshqa og‘ir qonunbuzarliklar uchun jinoiy javobgar-
likka tortiladilar.
Voyaga yetmagan qonunbuzarlarga nisbatan quyidagi jazo turla-
ri qo‘llanishi mumkin:
–
yetkazilgan ziyonni bartaraf etish majburiyatini yuklash;
–
jarima;
–
ozodlikdan mahrum etish.
Voyaga yetmagan qonunbuzarlar jazoni voyaga yetmaganlar uchun
mo‘ljallangan koloniyalarda yoki yopiq turdagi maxsus o‘quv-tarbiya
muassasalarida o‘taydilar.
1.
Sizningcha, mamlakat fuqarolari huquq va erkinliklarining ro‘yobga chiqa-
rilishi uchun ularning Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilishining o‘zigina
yetarlimi
?
Yakunlarni chiqaramiz
O‘zingizni sinang!
http://eduportal.uz
|
| |