81
O‘rganilgan mavzular bo‘yicha
bilimlaringizni sinang
ORALIQ NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Qiynalganda qavs ichida ko‘rsatilgan darslik sahifalariga murojaat qiling
.
1. Hokimiyat nima? (33-b.)
2. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati birdan-bir manbayi kim? (33-b.)
3. Ma’lum bir davlatga mansubligini isbotlab berolmagan shaxs qanday ataladi?
(37-b.)
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ikkinchi bo‘limi qaysi masalalarga
bag‘ishlangan? (34-b.)
5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan
shaxsiy huquq
va erkinliklarni sanab bering. (35-b.)
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan siyosiy
huquqliklarni sanab bering. (35-b.)
7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan
iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy huquqlarni sanab bering. (35–36-b.)
8. Shaxsning konkret davlat bilan barqaror aloqasi qanday ataladi? (36-b.)
9. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs qanday huquqlardan mahrum bo‘ladi? (62-b.)
10. Diskriminatsiya nima? (62-b.)
11. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolikka oid ishlar bilan qaysi davlat tashkilotlari
shug‘ullanadi? (63-b.)
12. O‘zbekiston fuqaroligini qay tariqa olish mumkin? (63-b.)
13. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini to‘xtatib qo‘yish
uchun qaysi sabablar asos
bo‘lishi mumkin? (65-b.)
14. Ma’lum bir davlat fuqaroligini qaysi hujjat tasdiqlaydi? (63, 66-b.)
15. Biometrik pasport xususiyatlarini sanab bering. (63-b.)
16.
«O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi Qonun
qachon qabul qilingan? (41-b.)
17. Davlat hokimiyati organlariga fuqarolarning murojaatlari turlarini sanab bering.
(58-b.)
18. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini sanab bering.
(58-b.)
19. Korxona ma’muriyati qaysi yoshdan boshlab ishga qabul qilishga haqli? (48-b.)
20. Voyaga yetmagan shaxs qanday shartlarga ko‘ra ishga qabul qilinishi mumkin?
(51-b.)
21. Inson huquqlari bo‘yicha vakil – Ombudsman huquqlarini sanab bering. (70-b.)
22.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi vazifalarini
sanab bering. (71-b.)
23.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mamlakat fuqarolari uchun
belgilangan burchlar va majburiyatlarni sanab bering. (74-b.)
http://eduportal.uz