77
O‘zbekistonda doimiy yoki vaqtincha yashab turgan boshqa davlatlar
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar harbiy xizmatni ado etmaydi-
lar hamda mamlakat o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tmaydilar.
Muddatli harbiy xizmatga salomatligi holatiga ko‘ra harbiy xizmatga ya-
roqli, chaqiruv kunida 18 yoshga to‘lgan erkaklar chaqiriladi. 1993-yil-
da 14-yanvar kuni bizning davlatimizda
Vatan himoyachilari kuni deb
e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbe kiston Res-
publikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilan-
gan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 52-modda.
Ta’lim olish – voyaga yetmagan fuqarolarning asosiy majburiyati
Mamlakat voyaga yetmagan fuqarolarining
asosiy majburiyatlaridan
biri bazaviy umumiy ta’lim olishdir. Maktablarda to‘qqiz yil o‘qiganidan
so‘ng ta’lim oluvchilar ta’limni 10–11-sinflarda
yoki litseylarda,
yoxud
11-sinfni bitirganlaridan keyin kollejlar yoki oliy ta’lim
muassasalarida
davom ettiradilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
muvofiq har kim
ta’lim olish huquqiga ega va har kimning bepul umumiy ta’lim olishi ka-
folatlanadi (41-modda).
Hozirgi kunda respublikamizda oliy o‘quv
yurtlari, o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ularning butun kuch-g‘ayrati ta’lim oluvchilar har tomon-
lama
kamol topgan, yuksak umumiy madaniyat
saviyasiga ega ijodkor
shaxslar bo‘lishiga qaratilgan.
Asosiy qonun belgilaydi
http://eduportal.uz