71
tashkilot yoki shaxs uni ko‘rib chiqishi va bir oydan oshmagan muddatda
asoslangan javob jo‘natishi lozim.
Vakil xulosasida quyidagi tavsiyalar bo‘lishi mumkin:
tashkilot yoki
mansabdor shaxs tomonidan ish oxirigacha yetkazilishi shart; tashkilot
yoki mansabdor shaxs qarori o‘zgartirilishi
yoki bekor qilinishi lozim;
tash kilot yoki mansabdor shaxs qarorini asoslash lozim; tashkilot yoki
mansabdor shaxs qo‘shimcha qaror qabul qilishi kerak
.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 1996-yil
31-oktabrda ijroiya hokimiyati tizimi tarkibida tashkil qilingan. U mamlakatda
huquqni himoya qilish faoliyatini tashkil etuvchi davlat tashkiloti hisoblanadi
.
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning asosiy vazifalari
:
–
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirishga,
ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yi-
cha davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashish
;
–
inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi holatini o‘rganish, tahlil qilish
va
umumlashtirish, inson huquqlari himoyasi bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy
strukturalar tavsiyalari bajarilishi monitoringini amalga oshirish
;
– O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etilishi va himoya
qilinishi bo‘yicha milliy ma’ruzalar tayyorlash;
– inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro
va mintaqaviy tuzilmalar
tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan milliy harakatlar dasturlarini ishlab
chiqish;
– inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish,
milliy qonunchilik hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlariga
oid xalqaro shartnomalarini qo‘llashni ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
– inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlarini ro‘yobga
chiqarish
bo‘yicha davlat organlariga, fuqarolik jamiyati institutlariga va boshqa tash-
kilotlarga amaliy yordam ko‘rsatish;
– aholi o‘rtasida inson huquqlari sohasida huquqiy targ‘ibot
ishlarini olib
borish;
– inson huquqlariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha tadqiqotlar tash-
killashtirish va o‘tkazish, shuningdek noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
– inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan
hamkorlik qilish.
http://eduportal.uz
72
Tasavvur qiling, siz kimyo kombinati
joylashgan shaharda yashay-
siz. Mazkur korxona bir necha yillar davomida ishlab kelayotir. Ana shu
davr davomida aholi o‘rtasida yurak-tomir va o‘pka kasalliklari ko‘pay-
di. Aholi salomatligini tekshirish natijasida kasallikning ko‘payib bo rishi
atrof-muhitning ifloslantirilishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Korxona
ma’muriyati tozalash inshootlarini o‘rnatish borasidagi va’dasini bajar-
mayapti.
Jamoatchilik ushbu muammoni qanday hal qilishi mumkin? Ushbu
holda qanday harakatlar samarali bo‘ladi
?
Quyidagi vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilishning qaysi me-
xa nizm laridan foydalanish mumkin?
1.
Sizni ta’qib qilishmoqda, sizga jazolash bilan tahdid solishmoqda,
tinimsiz qo‘ng‘iroq qilishyapti, haqoratlashmoqda.
Nima qilmoq kerak
?
2.
Sizni jinoyat sodir etganlikda ayblashyapti. Qaysi tashkilotning hi-
moyasiga tayanishingiz mumkin?
Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak
?
3.
Siz adolatsiz jabrlanganingizga, sizni xafa qilishganiga, haqoratlash-
ganiga ishonch hosil qildingiz.
Nima qilmoq kerak
?
4.
Kechqurun o‘rtog‘ingiz bilan mashg‘ulotlardan qaytyapsiz. Sizni
militsioner to‘xtatdi, militsiya bo‘limiga olib ketmoqchi bo‘lib turibdi.
Bunday vaziyatda o‘zingizni qanday tutishingiz kerak
?
inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi: sudlar, prokura-
tura, militsiya, advokatura;
inson huquqlarining amalga oshirilishi monitoringi;
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi
Qonun;
Ombudsman;
1996-yil – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi.