69
2.
INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI
Huquqiy davlatda inson huquqlariga rioya
etilishini kafolatlovchi
ko‘pgina usullar mavjud bo‘ladi. Ular orasida alohida o‘rin sud himoya-
siga tegishlidir. Bu himoya shaklidan har bir odam foydalanishi mumkin.
Buning uchun sudga sud muhokamasi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi
ariza bilan murojaat qilish kifoyadir.
Huquqiy davlatda sud mustaqil odil sudlov organi bo‘lgani tufayli har
qanday bahsli ishni hal qiluvchi sudya faqat qonunga bo‘ysunadi.
Sudya ish faoliyati davomida xolis bo‘lishi, ya’ni o‘zining
shaxsiy
simpatiya va antipatiyasidan baland turishi, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasli-
gi lozim. Hech kim, hattoki, hokimiyat va oliy boshqaruv organlari ham
sud faoliyatiga ara lashishga haqli emas.
INSON HUQUQLARI HIMOYASI
Sud
Prokuratura organlari
IIV organlari
Advokatura
Jamoat birlashmalari, ka-
saba uyushmalari
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi
Qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlari, t ash-
kilotlar va ularning mansabdor shaxslariga
yakka tartibda yoki jamoa
bo‘lib murojaat qilish kafolatlanadi.