68
11-§.
INSON HUQUQI VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
–
inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari haqida;
–
inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi haqida;
–
o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun qaysi idoralarga murojaat
etish zarurligi haqida bilib olasiz.
1. O‘z huquqlarini himoya qilish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
2. Inson huquqi va erkinligi kafolatlari.
3. Inson huquqlari himoyasi bo‘yicha milliy institutlar.
1.
O‘Z HUQUQLARINI HIMOYA QILISH UCHUN QAYERGA
MUROJAAT QILISH KERAK
?
Afsuski, inson ayrim hollarda kamsitish va haqoratlarga duchor bo‘la-
di. Inson huquqlariga putur yetkazilgan barcha hollarda u o‘z huquqlar i
himoya qili nishiga ehtiyoj sezadi.
Hozirgi kunda qonunlari, sud va huquq-tartibot organlari orqali davlat
ana shunday himoyachi rolida namoyon bo‘ladi.
Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qi-
lish,
davlat organlari,
mansabdor shaxslar,
jamoat birlashmalarining
g‘ay riqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga
shikoyat qilish huquqi
kafolatlanadi.