62
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (
apatridlar) –
xalqaro huquqiy hujjatlar insonga havola etadigan barcha asosiy huquq-
lardan foydalanadilar (saylovlarda qatnashish
va mamlakatning qurolli
kuchlarida xizmat qilish huquqi bundan mustasno). Ayni shu davlatning
fuqarolari kabi bu fuqarolar ham uning qonunlariga rioya etishlari shart.
«Fuqarolik to‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasida O‘zbеkiston
Rеspublikasi hududida yashovchi, lеkin O‘zbеkiston
Rеspublikasi fuqa-
rolari bo‘lmagan va хorijiy davlat fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi asosga
ega bo‘lmagan shaхslar fuqaroligi bo‘lmagan shaхslar hisoblanishi qayd
etilgan. Ikki mamlakat fuqarosi bo‘lish taqiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq
normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan
burchlarni ado etadilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 23-modda.
Diskriminatsiya
–
jinsiga,
qaysi millatga mansubligiga, diniy va
siyosiy e’tiqodiga ko‘ra, ma’lum bir guruhdagi
fuqarolar huquqlarini
noma’lum tarzda cheklash yoki mahrum qilish.
Bordi-yu, armiyada xizmat qilish fuqaro uchun fuqarolik burchi va
majburiyati sanalsa, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan esa bunday
majburiyat qonun bilan tatbiq etilmaydi. Fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar
partiyalar a’zosi ham bo‘la olmaydilar, davlat
organlarining rahbarlik
lavozimlarida ishlolmaydilar, saylovlarda ishtirok etolmaydilar.
Asosiy qonun belgilaydi
Yodda tuting!