• Namoyish – bu ma’lum bir siyosiy talablarni bildirish maqsadidagi ommaviy yurish. Yig‘ilish
  •   YIG‘ILISHLAR ERKINLIGI HUQUQI




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    3. 
    YIG‘ILISHLAR ERKINLIGI HUQUQI 
    Yig‘ilishlar, mitinglar va namoyishlar erkinligi insonga o‘z fikrlari va 
    o‘z qarashla rini ifodalash imkoniyatini beradi. Bu huquq mamlakat rah-
    bariyatiga xalqning fikri haqida axborot yetkazib turish uchun ham zarur. 
    Bu narsa o‘ta muhim va rahbarlarga fuqarolarni tashvishlantirayotgan 
    muammolarga chuqurroq kirib borish imkoniyatini beradi.
    Miting
    – bu ma’lum bir shaхslar va tashkilotlarning xatti-harakatla-
    ri, ijtimoiy-siyosiy voqеalarga nisbatan munosabatini oshkora ifodalash 
    maqsadidagi fuqarolarning tinch yig‘ini.
    Namoyish
     
    – bu ma’lum bir siyosiy talablarni bildirish maqsadidagi 
    ommaviy yurish.
    Yig‘ilish
    – bu biror-bir muhim jamoatchilik masalasini jamoa bo‘lib 
    birgalikda muhokama qilish uchun fuqarolar ishtiroki.
    Jamoatchilik birlashmalarini tashkil etish huquqi fuqarolarga ularning 
    manfaatlari va mayllariga mos keluvchi faoliyat bilan shug‘ullanish im-
    koniyatini beradi. Masalan, jamoatchilik tashkilotlarining a’zolari inson 
    huquq va erkinliklari masalalari bilan shug‘ullanadi, xayriya tashkilotlari 
    esa eng ehtiyojmand kishilarga moddiy yordam uyushtiradilar. 
    http://eduportal.uz


    60
    1. 
    Siyosiy huquqlar insonga nega kerak?
    2.
    Shaxsiy va siyosiy huquqlar qay tarzda o‘zaro bog‘langan?
    3.
    Davlat jamoat birlashmalari faoliyatiga aralasha oladimi?
    4.
    Tinch namoyishlar, mitinglar va yig‘ilishlarda ishtirok etish insonga 
    nima beradi?
    5.
    Quyidagilardan qaysilari shaxsiy yoki siyosiy huquqlarga oid ekanligini 
    aniqlang:
    – qadimgi Spartada nimjon bolalarni jarga uloqtirishardi;
    – sinfdosh qiz partadosh dugonasining xatini bekitiqcha o‘qidi;
    – insonni boshqa dinga o‘tishga zo‘ravonlik bilan majburlashdi;
    – mahalliy hokimiyat organlarini tanqid qiluvchi maqolalarni e’lon qi-
    lish taqiqlangan.
    Ro‘yxatni o‘z misollaringiz bilan davom ettiring.

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish