56
9-§.
SIYOSIY HUQUQLAR
Mavzu ustida ishlash natijasida:
–
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qanday siyosiy huquqlarga ega
ekanligini;
–
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ular qaysi shakllarda ishti-
rok etishlari mumkinligini bilib olasiz.
1.
O‘z siyosiy huquqlarini qay tarzda ro‘yobga chiqarish mum-
kin?
2.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolar ish-
tiroki.
3.
Yig‘ilishlar erkinligi huquqi.
1.
O‘Z SIYOSIY HUQUQLARINI QAY TARZDA
RO‘YOBGA CHIQARISH MUMKIN
?
Siyosiy huquqlar fuqarolarga nima uchun kerak? Agar fuqarolarda
qat’iy axloqiy va siyosiy qarashlar bo‘lsa, ular o‘z huquqlari va burchla-
rini aniqroq anglab yetadilar, mamlakat ijtimoiy hayotida faolroq ishtirok
etadilar.
Mamlakatni boshqarishda ishtirok etish
huquqi bevosita yoki sayla-
nadigan vakillar orqali amalga oshiriladi. Bu huquq fuqarolar har qanday
saylab qo‘yiladigan organlarni saylash va saylanish huquqiga ega ekanligi
bilan kafolatlangan. Fuqaro shu tariqa hokimiyatga va qabul qilinadigan
qarorlarga ta’sir o‘tkazadi.
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish
huquqi;
kasaba
uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat
birlashmalariga uyushish huquqi;
saylash va saylanish huquqi;
O‘zbekiston Respublikasining
qonunchiligiga muvofiq
o‘tkaziladigan mitinglar, tinch yig‘ilishlar va namoyishlarda
qatnashish, shu tarzda ijti moiy faollik ko‘rsatish huquqi;
vakolatli davlat organlari, idoralari va xalq vakillariga ariza-
lar, taklif, shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi.