55
Ijtimoiy-iqtisodiy
huquqlar
:
davlatning vazifasi – aholi
turmushini munosib darajada
ta’minlash;
mulkdor bo‘lish huquqi;
mehnat qilish va dam olish huquqi;
ishga qabul qilish – 16 yoshdan, 15 yoshdan ham yo‘l qo‘yi-
ladi;
ijtimoiy ta’minot olish huquqi;
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi;
bilim olish huquqi;
ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi huquqi;
madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi.
1.
Insonning qaysi huquqlari ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar jumlasiga kiradi?
2.
Mulkdor bo‘lish inson hayotida qanday rol o‘ynaydi
va mulk insonga
qanday ustunliklar beradi?
3.
Qaysi tartib sizga adolatli tuyuladi: mulkdor bo‘lish huquqiga faqat bir
guruh odamlar ega bo‘lgandami yoki har bir odam ega bo‘lgandami?
4.
Qanday fikrdasiz, munosib turmush darajasini saqlab qolish uchun in-
songa nima zarur?
5.
Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar qay tarzda o‘zaro aloqada bo‘ladi va
bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi?
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga putur yetkazilishiga doir sahna ko‘rinish-
larini tayyorlang va namoyish qiling. Qanday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilga-
nini aniqlang. Bu huquqlarni himoya qilish uchun nima qilmoq kerak
?