• Fuqarolar bunda quyidagilarga haqlidirlar
  • G. M. Tansikbayeva, V. A




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    Asosiy qonun belgilaydi
    Yodda tuting!
     
    http://eduportal.uz


    58
    Arizа
    – bu fuqаrоlаrning o‘z huquqlаri, erkinliklаri vа qоnuniy
    mаnfааtlаrini аmаlgа оshirish uchun ko‘mаk so‘rаb qilgаn murоjааtlаridir. 
    Таklif
    – fuqаrоlаrning dаvlаt vа jаmоаtchilik fаоliyatini tаkоmillаsh-
    tirish bo‘yichа tаvsiyalаrini ifоdаlоvchi murоjааtlаridir. 
    Shikоyat
    – fuqаrоlаrning buzilgаn huquqlаri, erkinliklаri vа qоnuniy 
    mаnfааtlаrini tiklаshni tаlаb qilish to‘g‘risidаgi murоjааtlaridir. 
    Мurоjааtnоmаdа fuqаrоning ismi-shаrifi, fаmiliyasi ko‘rsаtilishi, 
    turаr jоyi hаqidа mа’lumоt bo‘lishi, аrizа, tаklif yoki shikоyat mаzmu-
    ni bаyon qilingаn bo‘lishi kеrаk. Yozmа murоjааtnоmа murоjааt qiluv-
    chining imzоsi bilаn tаsdiqlаnаdi. Мurоjааtnоmаni shахsiy imzо bilаn 
    tаsdiqlаsh imkоni bo‘lmаgаndа, u boshqa shaxsning imzоsi bilаn tasdiq-
    lanishi mumkin. Bunda qo‘shimchа rаvishdа imzo qo‘yuvchi shaxsning 
    familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsаtilgаn bo‘lishi kerak.
    2. 
    QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ 
    MUHOKAMASIDA FUQAROLAR ISHTIROKI
    Fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri «Qonun loyihala-
    rining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq qonunlar 
    loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishdir. 
    Fuqarolar bunda quyidagilarga haqlidirlar
    :
    – 
    qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida erkin ishtirok etish;

    qonun loyihalariga tuzatishlar va takliflar kiritish bo‘yicha 
    O‘zbekiston Respub likasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat or-
    ganlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, korxo-
    nalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat-
    http://eduportal.uz


    59
    chilik birlashmalariga, ommaviy axborot vositalariga murojaat qilish;
    – 
    deputatlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakillari bilan
    uchrashuvlarda, qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uchun 
    tash kil etilgan boshqa tadbirlarda ishtirok etish.
    Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqi-
    shi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatiga ko‘ra qonun loyihalarining 
    umumxalq muhokamasida ishtirok etishini cheklash taqiqlanadi.
    Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi bo‘yicha tadbirlarni 
    fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va boshqa 
    jamoatchilik tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, siyosiy partiyalar 
    fraksiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
    palatasidagi deputatlar guruhi, shuningdek, Oliy Majlisning Qonunchilik 
    palatasi deputatlari saylov uchastkalarida o‘tkazadilar. Qonun loyiha-
    si bo‘yicha belgilangan tartibda kiritilgan takliflar va tuzatishlar albatta 
    ko‘rib chiqilishi shart.

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish