50
Haqiqatan ham, siyosiy huquqlarni ijtimoiy va iqtisodiy huquqlardan
qanday ajratib olish mumkin? O‘z navbatida, ijtimoiy va iqtisodiy huquq lar
sog‘lom muhitda yashash huquqisiz ma’no kasb etmaydi. Bu narsa butun-
lay
tushunarli, negaki, ijtimoiy himoya qilinmagan inson o‘zining siyosiy,
iqtisodiy va boshqa huquqlarini ro‘yobga chiqarishi ehtimoldan yiroqdir.
Shunday qilib, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning bog‘liqligi shundan
iboratki, ijtimoiy farovonlik huquqi moddiy jihatga (nafaqa, pensiya) ega,
insonning iqtisodiy huquqi esa bevosita yoki bilvosita, ayni paytda yoki
vaqti kelganda, albatta, jamiyat hayotining ijtimoiy tomoniga ta’sir (ijo-
biy yoki salbiy) ko‘rsatadi.
Guruhlarda qoling. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mus-
tahkamlab qo‘yilgan fuqarolarning huquqlarini sanab o‘ting. Inson ha-
yoti va uning huquqlari himoyasini yetarli darajada ta’minlash uchun
ularning zarurligini konkret misollarda asoslab bering.