49
1. INSON HUQUQLARIDAN ENG MUHIMI QAYSI BIRI
HISOBLANADI?
Tasavvur qiling, Siz – Konstitutsiyaga kiritilishi lozim bo‘lgan inson
huquqlari to‘g‘risidagi bahs-munozara ishtirokchisisiz. Ushbu munozara
ish tirokchilarining fikr-mulohazalarini baholang va xulosa chiqa ring: qaysi
huquqlar eng muhimlari?
Birinchi (qatnashchi): Men Konstitutsiyaga faqat shaxsiy va siyosiy
huquqlar kiritilishi lozim deb hisoblayman. Bular – yashash huquqi, so‘z,
fikr, axborot erkinligi, vijdon, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish erkinligi-
dir. Biz hozircha mehnat qilish, bilim olish huquqi, hamma uchun turar joy
kabi ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ta’minlashga qodir emasmiz. Agar biz bu
huquqlarni qonun bilan mustahkamlab qo‘yishga uringudek bo‘lsak, unda hu-
kumat fuqaroviy va siyosiy huquqlarga kerakli darajada e’tibor berolmaydi.
Ikkinchi: Men bu ta’kidni ma’qullamayman. Eng avvalo, iqtisodiy
huquqlar ta’minlanishi lozim, deb hisoblayman. Kishilarning, basharti, ular-
ning yeydigan hech vaqosi bo‘lmasa, odamlarning ishi va turar joyi bo‘lma-
sa, qanaqa siyosiy erkinliklar xususida so‘z borishi mumkin?