52
dagi ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda, nafaqalar va qarilik pensiyalarining
miqdori muntazam oshiri b borilmoqda.
Har
kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda,
shuningdek,
boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa
hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlari ning miqdori
rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan
oz bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 39-modda.
4.
Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi
Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi har bir odamga havola
etilgan. Mamlakatda ko‘plab aholi bepul davolanadigan
davlat tibbiyot
muassasalari mavjud. Keyingi vaqtlarda bir talay xo‘jalik hisobidagi, shu-
ningdek, pullik poliklinikalar va shifoxo-
nalar paydo bo‘ldiki, qayerda davolanish-
ni tanlash imkoniyati ham yaratildi.
Sog‘lom avlod –
millat salomatligi
garovidir. Keyingi vaqtlarda mamlakatda
«Sog‘lom avlod uchun» singari turli dav-
lat dasturlari
hamda faoliyati yosh avlod
Asosiy qonun belgilaydi
http://eduportal.uz
53
salo matligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan jamoat birlashmalari tash-
kil etildi.
Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.