|
VOYAGA YETMAGANLAR ISHLARI BO‘YICHABog'liq konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzbVOYAGA YETMAGANLAR ISHLARI BO‘YICHA
IDORALARARO KOMISSIYALAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOM
(Ko‘chirma)
9-bob. TA’SIR CHORALARI VA ULARNI QO‘LLASH TARTIBI
21. Tuman (shahar) komissiyalari ushbu Nizomning 20-bandida nazarda
tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralari
sifatida quyidagilarga haqli:
voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash
to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;
ogohlantirish chiqarish;
o‘n besh yoshga to‘lgan voyaga yetmagan zimmasiga, agar u mustaqil ish
haqiga ega bo‘lsa va zarar miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq
bo‘lmasa yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki uni bartaraf etish
majburiyatini yuklash yoki belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan ortiq
bo‘lmagan moddiy zararni o‘z mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklash
to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;
o‘n olti yoshga to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganga
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida
nazarda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solish;
voyaga yetmaganni o‘z ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek ularning roziligi bilan
mehnat jamoasi yoki nodavlat notijorat tashkiloti kuzatuviga topshirish;
voyaga yetmaganni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida sudga
iltimosnoma yuborish.
Har bir aniq holat bo‘yicha qabul qilingan ta’sir ko‘rsatish choralari to‘g‘risida
tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmaganning yashash, o‘qish yoki ish joyi
bo‘yicha huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘linmalari tomonidan voyaga
yetmaganlar o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda
profilaktika ishlarini olib borish masalasini hal etish uchun tegishli hududiy
ichki ishlar organlariga xabarnoma yuborishga majbur.
|
| |