|
-§.
SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATIBog'liq konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb14-§.
SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
–
demokratik huquqiy davlatda partiyalar faoliyatining ahamiyati
haqida;
–
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faoliyati va ularning
dasturlari haqida bilib olasiz.
1.
Fuqarolarning davlatni boshqarishdagi ishtiroki.
2.
O‘zbekiston Respublikasida ko‘ppartiyaviylik tizimining shakl-
lanishi.
1. FUQAROLARNING DAVLATNI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI
Kishilar hayotida turli-tuman muammolar mavjud. Ana shu muam-
molardan ayrimlarini odamning o‘zi, boshqalarini esa faqatgina o‘zgalar
bilan uyushgan holda hal etish mumkin. Masalan, tadbirkorlikni rivoj-
lantirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar – tadbirkorlar manfaatlarini
himoya qilish, kredit olish, soliqqa tortish, tashqi bozorga chiqish muam-
molarini hal qilish uchun tadbirkorlar uyushmasi tuziladi. Shuningdek,
boshqa guruhlar: pensionerlar, imkoniyati cheklanganlar, yoshlar, o‘qi-
tuvchilar, shifokorlar va hokazolar ham o‘z muammolarini hal qilish
maqsadida uyushadilar.
To‘rt guruhga bo‘lining.
Sizning guruhingiz eng uyushgan va jipslashgan ekanligini, shuning uchun
ham uning vakillari qonun chiqaruvchi organ deputatlari orasida ko‘pchilikka
ega bo‘lishi ke rakligini isbotlashga harakat qilib ko‘ring.
Mana, demokratik jamiyatda davlat hokimiyati organlarida ana shu
guruhlardan faqat bittasining vakillari bo‘lishining imkoni yo‘qligiga
o‘zingiz ham ishonch hosil qildingiz.
Ana shu guruhlardan har birining manfaatlari ifoda etilishi va himo-
yalanishiga qay yo‘sinda erishish mumkin?
Olti guruhga bo‘lining: ikki guruh siyosiy partiyalarni, qolganlari esa pensio-
nerlar, yoshlar, fermerlar va ayollar birlashmalari vakillarini ifodalasin.
1-topshiriq
|
| |