93
1.
Kishilar qanday maqsadlarda siyosiy partiya va harakatlarga uyushadilar
?
2.
Ko‘ppartiyaviylikning mavjudligi mamlakatda demokratiyaning rivojlanishi-
ga qay tariqa ijobiy ta’sir o‘tkazadi
?
3.
Davlat Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Res publikasida
qanday partiyalar tuzilishi taqiqlangan
?
4.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsata yotgan siyosiy
partiyalarni sanab bering
.
SIYOSIY PARTIYALAR TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QONUNI
(Ko‘chirma)
2-modda. Siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari
Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga,
ushbu Qonunga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq,
shuningdek o‘z ustavlari asosida amalga oshiradilar
.
3-modda. Siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat
ko‘rsatish prinsiplari
Siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshi-
rish
maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravish-
da
kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqliligi, o‘zini o‘zi
boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsa-
tadi. Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishi
taqiqlanadi:
konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib
qo‘yuvchi;
O‘zbekiston
Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga,
fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi;
urushni,
ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi;
xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi;
milliy va diniy
ruhdagi partiyalar
.