• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 75-modda .
  • Asosiy qonun belgilaydi
  •   QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    3. 
    QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING
    DAVLAT TUZILISHI
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z davlatchili-
    gining shakllanish, taraqqiyot va tarixiga egadir.
    1993-yil 9-aprelda O‘zbekiston Res pub-
    likasining Konstitutsiyasi ustunligini e’tirof etgan 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi 
    qabul qilindi. Ko‘p o‘tmay davlat ramzlari – gerb, 
    bayroq, madhiyasi qabul qilindi.
    Qoraqalpog‘iston fuqarolari ayni paytda O‘z-
    bekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi hamda uning muhofazasida-
    dir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masa-
    lalarini mustaqil hal etadi.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zi-
    ning 
    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    Asosiy qonuniga zid bo‘lmagan Kons-
    titutsiyaga egadir. O‘zbekiston qo nun lari 
    Qoraqalpog‘iston hududida ham qo‘llani-
    lishi majburiydir.
    O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
    o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doi-
    rasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.
    O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘r-
    tasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi.
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 75-modda. 
    O‘zbekiston Respublikasiga unitar davlat tuzilishi alomatlari bilan bir 
    qatorda 
    federativ tuzilishning ayrim elementlari ham xosdir:
    – 
    O‘zbekiston Respublikasi tarkibida suveren Qora qal pog‘iston Res- 
    pub likasining mavjudligi;
    Asosiy qonun belgilaydi
    http://eduportal.uz


    104
    – 
    ikkita – O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
    Konstitutsiyala rining mavjudligi;
    – 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zining davlat organlari: parla-
    ment (Jo‘qorg‘i Kenges)da, sud organlari, ijro etuvchi hokimiyat organ-
    lari va hokazolarning mavjudligi;
    – 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat ramzlari: gerb, bayroq,
    madhiyaning mavjudligi;
    – 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z hududiy-ma’muriy tuzilishi 
    masalalarini mustaqil hal etish huquqiga egaligi;
    – 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi tarki-
    bidan ajralib chiqish huquqiga egaligi.
    Yaxshi bilasizki, har qaysi davlatning hududi o‘z chegaralariga va har 
    bir davlat olib kelinayotgan, olib ketilayotgan tovarlar, valuta va hokazo-
    lar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi o‘z bojxona punktlariga egadir.
    Ana shu bojxona punktlariga nisbatan o‘z munosabatingizni aniqlang 
    («ma’qul layman» yoki «qarshiman»)
    .
    unitar;
    federatsiya;
    konfederatsiya.

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish