102
Uch guruhga bo‘linib, davlat tuzilishi har xil shakllarining afzalliklari va
kamchiliklarini aniqlashga urinib ko‘ring
.
2.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI
Konstitutsiyaga muvofiq (68-modda) O‘zbekiston Respublikasi Qora-
qalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar, tumanlar,
shaharlar, shaharcha-
lar, qishloqlar va ovullardan tashkil topgan. O‘zbekiston
Respublikasi
ma’muriy-hududiy tuzilishining o‘ziga xosligi uning tarkibida tu-
manlar, shaharlar, shaharchalar va ovullardan
tashkil topgan suveren
Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud ekanligidir.
Davlatimizning ma’muriy-hududiy tuzilishi mamlakatni yaxshiroq
boshqarishga, yuzaga keluvchi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni sama-
rali hal etishga imkon beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1–6-moddalari bilan tanishib
chiqib, O‘zbekiston Respublikasi davlat su verenitetiga ishora qiluvchi alomat-
larning mavjud ekanligini aniqlang
.
Davlat tuzilishining yana bir shakli
konfederatsiyadir. Bunday bir-
lashishda har bir davlat o‘z
suverenitetini, mustaqilligini saqlab qoladi.
Konfederatsiyada yagona hudud, yagona fuqarolik bo‘lmaydi,
har bir
davlat xalqaro aloqalarni mustaqil o‘rnatadi. Hozirgi kunda Yevropa
Ittifoqi davlatlarning konfederativ birlashuviga misol bo‘la oldi,
qonun-
chilik yo‘li bilan mustahkamlanmagan.
Yodda tuting!
1-topshiriq
2-topshiriq
Konfederatsiya
– muayyan maqsadlarga erishish (mamlakatlarning
birgalikdagi mudofaasi, bojxona ishlarini, tashqi savdo aloqalarini tash-
killashtirish va hokazo) uchun birlashgan suveren davlatlar muvaqqat
ittifoqi. Ayni chog‘da har bir davlat o‘z suverenitetini saqlab qoladi.
http://eduportal.uz