98
Fikrlash uchun savollar
1.
Nima deb hisoblaysiz, qadimgi grek olimi Aristotеl: «Platon mеnga
do‘st, lеkin haqiqat qimmatlidir», dеgan iborani aytganda nimani nazarda
tutgan?
Bu iborani huquqiy munosabatga qaysi hollarda qo‘llash mumkin?
2.
Shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy shunday degan: «Agar sen
inson bo‘lsang, xalq ehtiyoji to‘g‘risida qayg‘urmaydiganni inson deb
atamagin».
Bunday ta’kidga qo‘shilasizmi? Javobingizni asoslang.
3.
Qadimgi Rim faylasufi Sеnеka shunday dеgan edi: «Barcha g‘ala-
balar o‘z ustingdan g‘alaba qozonishdan boshlanadi. Bu eng oliy hokimi-
yat. O‘z ehtiroslaring quliga aylanish – eng qo‘rqinchli qullikdir». Ushbu
gaplarni
mеhnatga, ta’limga yoki boshqa biror mashg‘ulotga nisbatan
izohlashga urinib ko‘ring.
Siz mazkur fikrlarga qo‘shilasizmi? Agar tasdiqlasangiz, nima uchun?
4.
O‘zbek maqolida aytiladi: «Mehnat – g‘alaba,
shon-shuhrat va
boylik kaliti». Siz bunday ta’kidga qo‘shilasizmi?
Siz taniqli va badavlat bo‘lishning boshqa qonuniy yo‘lini taklif qila
olasizmi?
5.
Amir Temur o‘zining «Temur tuzuklari» asarida shunday ta’kid-
laydi: «Agar davlat qonunlarga tayanmasa, u o‘zining
shon-shuhrati va
buyukligini uzoq vaqt saqlay olmaydi».
Siz bunday fikrga qo‘shilasizmi? Agar qo‘shilsangiz, u holda nima
uchun
?
yashashga, aqlan va jismonan rivojlanishga;
ismi va fuqaroligi bo‘lishiga;
oilada tarbiyalanishga;
fikr, vijdon va diniy e’tiqod erkinligiga;
ta’lim olishga;
zo‘ravonliksiz hayotga, shaxsiy qadr-qimmati hurmat
qilinishiga va boshqalar.