101
egadir. Bu holda davlat hududi ma’muriy hududlarga (viloyatlar, tuman-
lar va hokazolarga), ya’ni davlatchilikka ega bo‘lmagan, balki boshqaruv
qulay bo‘lishi uchun mavjud bo‘lgan qismlarga taqsimlanadi.
Buyuk Britaniya,
Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya,
Ispaniya,
Portugaliya, Gretsiya, Yaponiya,
Finlandiya, O‘zbekiston va boshqalar
unitar davlatlar jumlasiga kiradi.
Unitar davlat
– yagona davlat bo‘lib, uning alohida ma’mu-
riy-hududiy birliklari bir xildagi huquqlarga ega, butun davlat hudu-
dida yagona konstitutsiya, yagona hukumat va yagona qonun hujjat-
lari amal qiladi.
Federatsiya
– bir necha subyektlar respublikalar, shtatlar va h.k.
birlashmasini o‘zida ifoda etuvchi ittifoqdosh davlat. Federativ dav-
latni tarkib toptiruvchi davlat uyushmalari (shtat lar, yerlar, provinsi-
yalar, davlatlar) federatsiya subyektlari sanaladi va o‘zining ma’mu-
riy-hududiy tuzilishiga ega bo‘ladilar.
Davlat tuzilishining boshqa bir shakli
federatsiyadir. Federatsiya
sub yektlari o‘z
konstitutsiyasiga, o‘z oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuv-
chi va sud organlariga ega bo‘ladi. Butun federatsiya uchun yagona ho-
kimiyat va boshqaruv oliy organlari tashkil etiladi.
Binobarin, AQSH,
Kanada, Braziliya, Meksika, Avstriya, Belgiya,
Shveysariya, Pokiston,
Argentina, Rossiya va boshqalar federativ davlatdir.